Prezident Toshkentda tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qisqa muddatlarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avstraliya hukumati va Facebook onlayn-platformalarda yangiliklarning joylanishi uchun OAVlarga pul to‘lashga majbur qilib qo‘yuvchi qonun loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Avvalroq kompaniya Avstraliya OAVlarining tarmoqdagi barcha postlarini bloklagan edi.
Ovozli muloqot uchun mo‘ljallangan Clubhouse dasturining Android uchun mo‘ljallangan versiyasi ham ishlab chiqiladi. Dasturni yaratishga Instagram’ning Android versiyasi ustida ishlab kelayotgan Mopeva Ogundipe jalb qilingan.
Prezidentning Yaponiya va Turkiyaga tashriflari vaqtida imzolangan 31 ta investitsiya loyihaning ijrosi kechikmoqda. Mazkur loyihalar jami 2,7 mlrd dollarlik investitsiya jalb qilishi ko‘zlangan edi. Ushbu loyihalarning eng katta ulushi energetika va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri keladi. Senat ushbu kechikishlarga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi.
Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 554 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.
O‘zbekiston eksportida Xitoy yetakchi bo‘lib, yanvar oyida umumiy eksport xajmi 147 mln dollarni tashkil etgan. Xitoy, shuningdek, O‘zbekiston importida ham yetakchi o‘rinni yegallagan — import xajmi 337,2 mln dollar.
O‘zbekistonda qo‘shimcha 587 megavatt elektr quvvati yetkazib beradigan 11 ta yangi gidroelektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilmoqda.
Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ikki mamlakat tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosarlari tomonidan muhokama qilindi. Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha ma’lum emas.
Kompaniyalarga o‘zlari ishlab chiqargan oltin yombilarni sotishga, tamg‘a qo‘yishda mexanik yoki lazer usulidan foydalanishga ruxsat beriladi. Zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda onlayn sotish mumkin bo‘ladi. Savdo summasi BHMning 600 baravaridan oshmagan taqdirda mijozni tekshirish talab etilmaydi. Zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qaror haqida batafsil.
Toshkent viloyatida Misrning Solyphar kompaniyasi yangi farmatsevtika zavodini quradi. 20 mln dollarlik investitsiya kiritilib, 120 turdagi dori mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahrida amaliy fanlar universiteti tashkil etilishi mumkin. Talabalar «Biznes axborot tizimlari», «Biznes boshkaruvi», «Axborot xavfsizligi» xamda «Elektron tijorat» yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi. Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Toshkentda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, yurisprudensiya va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan yangi «Diplomat university» nomli xususiy universitet ochilishi mumkin.
Shuhrat Musayev Namangan viloyat hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bundan avval, u viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lgan.
Ilon Maskning dunyodagi eng boy odam unvonidan mahrum bo‘lgani, Germaniya armiyasida fashistik kayfiyatdagilar sonining oshgani, Ilon Maskning bir kunda 15 mlrd dollar yo‘qotgani, bir guruh amerikaliklarning Saudiya Arabistoni hukumatini sudga bergani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident tanqididan so‘ng, Namangan shahri hokimi Olimjon Isayev hamda prokurori Bahromjon Yuldashev ishdan bo‘shatildi. Shahar hokimi lavozimiga G‘ofir Jamolov, prokurori etib esa Xurshid Odilov tayinlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi keskin ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari, meva, sabzavot va daraxtlarni saqlab qolish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalarni ma’lum qildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida spikerga raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Deputatlar mazkur lavozimga Odiljon Tojiyevni saylashdi. U parlament imidji masalalariga mas’ul bo‘ladi.
O‘zbekistonda tez yordam mashinasining bir xonadonga borib kelishi uchun 150 ming so‘m miqdorida mablag‘ talab etiladi. Murojaatlarning 40 foizi surunkali kasalliklari bor bemorlar tomonidan amalga oshirilishi, chaqiriqlar qanchalik noto‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi, deya ta’kidladi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 542 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz qimmatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting