Deputat Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgani — bu demokratlashuvning ko‘rinishi ekanligini aytdi. «Otajonov prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiman degani fojea emas. Men xursand bo‘ldim. Vanihoyat, O‘zbekistonda ham qo‘rqmasdan, odamlar men prezident bo‘lishni xoylayman, deb erkin ayta olish darajasiga yetib kelibmiz. Bu bizning yutug‘imiz emasmi?» — dedi deputat. Kusherbayev bu prezident olib borayotgan siyosatining natijasi ekanligini ta’kidladi.
Bo‘stonliq tumani hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z lavozimida ishlagan vaqtida tuman hududidan tadbirkorga 30 sotix yer maydoni ajratilishi uchun hokim qarorini chiqartirib berib, evaziga undan 35 ming dollar olgan. U olingan pulning bir qismini qaytarib berayotganida qo‘lga olindi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi yerlarni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan boshqa shaxslar ham ushlandi. Ulardan biri Parkent tumanida 5 gektar yerni 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Po‘lat Bobojonov boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezidentning 12 fevral kuni bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash choralari muhokama qilindi.
Ukraina MDHning elektr va pochta aloqasi sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi bitimidan chiqdi.
Fevral oyi boshida MasterCard karta egalari «Asakabank» punktlarida naqdlashtirilgan pullar qayta hisobdan yechib olinayotganidan shikoyat qildilar. Bank bu firibgarlik yoki xakerlik hujumlari natijasi emas, balki texnik nosozlik ekanligi va mablag‘larni qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga yo‘l oldi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi loyihalari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Ertalab Jizzax viloyati Forish tumani hududida, Tuzkon ko‘li yaqinida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Jizzaxda uning kuchi 3 ball, Samarqandda 2 ball atrofida sezildi.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida katta tezlikda piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangi zelandiyalik harbiylarning Afg‘onistondan olib chiqilishi, Yaponiyada deputatning favqulodda vaziyat qoidalarini buzgani uchun iste’foga chiqishi, Yevropaning ayollar va nogironlarni Oyga yuborishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 2001−2005 yillarda amerikalik harbiylar xizmat qilgan «Qarshi-Xonobod» aviabazasini inson hayoti uchun xavfli moddalarga tekshirmoqda. Donald Tramp o‘z prezidentligining so‘nggi kunida zararli moddalar va radiatsiya ta’siriga tushishi mumkin bo‘lgan amerikalik harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini tekshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Bir yil avval «Mening fikrim» portalida IMEI kodlarni ro‘yxatga olishda to‘lov undirishni bekor qilish bo‘yicha petitsiya e’lon qilingan edi. Biroq oradan 365 kun o‘tgan bo‘lsada, murojaat xaligacha «Ko‘rib chiqish jarayonida» turibdi. Qonunchilik palatasi qo‘mitasi ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, iyun oyida Vazirlar mahkamasiga o‘rganishlar natijasini yuborgan.
Talabalarga Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti orqali harakatlanishiga ruxsat berildi.
Toshkentning Sergeli tumanidagi qadimiy Shoshtepa shahrini saqlab qolish jarayoni boshlandi. Shahar uzra diametrli 64 metrga yetadigan gumbaz paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda hudud belgilab olingan, gumbaz ustunlari o‘rnatiladigan 6−7 metrli xandaqlarni qazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, harbiy xizmat bo‘yicha nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi va oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.
O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Aviakompaniya hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.
Dollarning rasmiy kursi 5 so‘mga arzonladi va jami 10 521 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkazilidigan punktlarda bir kunning o‘zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Vaksina olgandan so‘ng fuqarolar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan 30 daqiqa, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam surishtirib boriladi.
Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.
Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonni ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. O‘zbekiston aholisini ushbu vaksina bilan ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting