Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.
Rashid Pirmatov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati rahbari etib tayinlandi.
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ish faoliyatining birinchi kunlari bo‘yicha o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, xodimlar horg‘in, ba’zi strukturalar esa talablarga javob bermaydi. U endilikda vazirlik «yangicha ish tartibiga» o‘tishini ma’lum qildi.
Jek Ma kuz faslidan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Alibaba asoschisi 20 yanvar kuni qishloqdagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturining onlayn-marosimida ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari shaxsiy avtomobilda yo‘lovchi tashishni litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarish taklifini bildirishdi. Bu tegishli qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
“Yuksalish” UMH raisi Bobur Bekmuradov 2020-yilgi davlat dasturining 70 dan ortiq bandi 10 oygacha kechikib bajarilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mas’ul vazirlik va idoralar “bajarilgan” deb hisobot bergan ayrim vazifalar aslida bajarilmagani ham aniqlangan.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov Buxoro viloyatiga prokuror bo‘ldi. U ushbu lavozimda ishdan olingan Dilshod Fayziyevning o‘rnini egalladi.
Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida Cobalt yo‘lovchisi vafot etgan.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U o‘tgan yilning fevral oyidan buyon ikkala lavozimda ham bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borgan.
Xalqaro Vestminister universiteti ro‘parasida Hampton by Hilton mehmonxonasi qurilmoqda. Uni International Foodchain (KFC'ni boshqaradi) ta’sischilaridan biri va mehmonxona ishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ochmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbari o‘rinbosari Botirjon Qurbonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet hosil bo‘lganligini ta’kidladi. «Jamoaviy immunitet aholining 70−80 foizi darajasida hali shakllanmagan. 30−40 foiz atrofida bo‘lishi mumkin», dedi u.
O‘zbekiston bo‘ylab COVID-19 ga qarshi aholini emlash jarayoni fevral oyining ohiri, mart oyining boshida rejalashtirilmoqda. Vaksinalar 1−1,5 oy ichida keltirilishi ko‘zda tutilgan.
Energetika vaziri Alisher Sultonov 10 kun ichida havo keskin sovishi haqida gapirib, avvallari “derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi, eshiklarni isitishni ham o‘ylardik”, — dedi. Shunga ko‘ra, 20-yanvardan 1-fevralgacha iste’molchilarni elektr energiya va gaz bilan ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilgani qayd etildi.
2020 yilda O‘zbekistondan 13,6 mingdan ziyodroq kishi chet elga ko‘chib ketdi. Ularning 64,3 foizi Qozig‘istonni tanladi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakat mafkurasining asosiy g‘oyasini nimalar tashkil etishini sanab o‘tdi. «Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi», — dedi prezident.
Qirg‘izistonning saqlash sharoiti yo‘qligi uchun Pfizer vaksinasini ishlatishdan bosh tortgani, Germaniyaning karantin choralarini 15 fevralga qadar uzaytirishi, Turkiyaning koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
«Ijod» jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etiladi. 120 mlrd so‘m ajratilishi ta’kidlandi. Yig‘ilishda ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.
Shavkat Mirziyoyev «eng katta xavf — bu aksariyat odamlarimizda loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganida», deya ta’kidladi. Hozirgi zamonda ma’naviy nuqtai nazardan «uxlab yotish»ga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘qligi aytildi.
Prezident yaqinda tayinlangan oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovga ko‘p vazifalar berganligini ta’kidladi. «Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u rektor ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi», — dedi davlat rahbari. Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini tanqid qilib, dars bermagan taqdirda tarbiya va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish lozimligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting