«Matbuot tarqatuvchi» kompaniyasining Xorazm filiali rahbari obunadan tushgan 562,3 mln so‘mni talon-taroj qilganlikda ayblanmoqda. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u pullarni qarindoshlariga tegishli kompaniyalar hisob raqamlari o‘tkazgan.
Ayrim ishlab chiqaruvchilar uchun energoresurslarga cheklovlar kiritilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga inflyatsion bosimning ortishiga olib keladi. Avvalroq g‘isht zavodlari va issiqxona xo‘jaliklari gazdan ko‘mirga o‘tishga qarshi chiqqan edi.
Bojxona xodimlari deklaratsiyada ko‘rsatilgan «CD 3» va «Books» tovarlari o‘rnida polietilen paketga o‘ralgan marixuana moddasi borligini aniqladi.
Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga, shuningdek vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin. Prezident yaylovlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga yuk poyezdlari uchun 16 ta, yo‘lovchi poyezdlari uchun 8 dona elektrovoz sotib olishga 170 mln dollar ajratdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylandi.
Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi bo‘yicha «FIG World Challenge Cup"ning birinchi bosqichida Oksana Chusovitina tayanib sakrashda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Prezident farmoni bilan 2019 yil 1 iyuldan oltindan yasalgan zargarlik buyumlarni chakana sotganlik uchun 1 grammiga ming so‘mdan yig‘im undiriladi.
Toshkentdagi Kinochilar uyi va o‘tmishga aylangan boshqa ob’ektlar muhofaza qilinganida va konseptual o‘zgartirilganida, noyob sayyohlik markazlariga aylangan bo‘lar edi. Yens Yordan kolonkasi.
Xorazmda o‘n uch yildan beri cho‘zilib kelayotgan mojaro qonuniy va mantiqiy yakunini topdi.
Professional boksda faoliyat olib borayotgan Xurshid Tojiboyev, Shahobiddin Zoirov, Ravshan Umurzoqov va Elnur Abduraimov o‘z janglarida g‘alaba qozondi.
Polshaning «Global business promotion group» Qashqadaryoda sut va go‘shtni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni o‘z ichiga olgan zamonaviy klaster barpo etmoqchi.
Navoiy shahri, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi.
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishloqlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab xonadonlarga og‘ir shikast yetdi.
XTVning tavsiyasiga binoan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari «Mening maktabim — mening uyim» shiori ostida, maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmagan holda o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy 3 yilu 6 oy muddatga qamaldi. Sud EKIHning 400 baravari miqdorida jarima tayinladi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev 9 iyun kuni Moskva shahrida ringga chiqadi.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan avariyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi, ulardan biri shifoxonada qolmoqda.
Seuldagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘inda og‘ir kuyish jarohatini olgan o‘zbekistonlik talaba shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting