Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
10 sentabr 2024, 09:41

Trabzonda O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

Turkiyaning Trabzon shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi. Shu paytgacha bunday vakolatxona Bursa, Adana, Antaliya viloyatlarida bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi
10 sentabr 2024, 05:24

Qishloq xo‘jaligi vaziri sobiq o‘rinbosari 6 yilga, uning qizi 5 yilga qamaldi

Sud sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Turayevni qariyb 10 mlrd so‘mlik 1 mln dona uzum ko‘chatini yetkazib berish ishi bo‘yicha talon-toroj qilish va mansab soxtakorligida ayblab, 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Uning kompaniyada ishlagan qiziga 5 yil 1 oy qamoq jazosi tayinlandi.

So‘nggi ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
9 sentabr 2024, 22:29

So‘nggi ikki oyda 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi iyul va avgust oylarida qariyb 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini o‘tkazishda qonunchilik talablari buzilganini aniqladi. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, noqonuniy xaridlar bekor qilindi.

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga mukofotlar topshirildi
9 sentabr 2024, 22:10

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga mukofotlar topshirildi

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Musobaqa sovrindorlariga pul, mashina va uy ko‘rinishidagi “Prezident sovg‘alari” topshirildi.

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi
9 sentabr 2024, 19:34

Samarqandda ko‘p qavatli uy xonadonida yuz bergan portlashda ikki kishi jarohatlandi

Samarqand shahrida turar joy binosining 3-qavatidagi xonadonlardan birida portlash yuz berdi va ikki nafar fuqaro jarohat bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat oqibatida yong‘in sodir bo‘lmadi. FVB surishtiruv ishlari boshlanganini aytdi, portlash sababi haqida ma’lumot yo‘q.

Jizzaxda fuqarodan tergov jarayonida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
9 sentabr 2024, 17:53

Jizzaxda fuqarodan tergov jarayonida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi

Jizzaxda tergov jarayonlarida gumondordan qo‘shib yozish holatlarini ko‘rsatmaslik hamda tanishlari orqali tergov jarayonlarida yengillik yaratib berish evaziga 400 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi. Qashqadaryoda esa noqonuniy ravishda qum qazib olishga ko‘z yumish evaziga pul talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.

Samarqandda ITMF va IAF’ning yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
9 sentabr 2024, 17:00

Samarqandda ITMF va IAF’ning yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasining qo‘shma konferensiyasida jahon paxta sanoatidagi 50 yillik o‘zgarishlar haqida fikr yuritildi.

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda
9 sentabr 2024, 16:18

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda

20 yilga qamalgan “Baxti Tashkentskiy” va yana 7 sudlanuvchining advokatlari sud hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritdi. Ish Toshkent shahri sudida ko‘rib chiqilmoqda. Shikoyatda, jumladan, hukmning Baxtiyor Qudratullayevni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qismini bekor qilish so‘ralyapti.

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylanish va odil sudlovdan foydalanish huquqi belgilanmoqda
9 sentabr 2024, 15:55

Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylanish va odil sudlovdan foydalanish huquqi belgilanmoqda

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunga ularning odil sudlovdan teng foydalanish, davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish, shuningdek, saylash va saylanish huquqini belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi
9 sentabr 2024, 15:37

O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklaridagi 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Agentlik tomonidan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi.

Toshkentdagi xalqaro simpoziumda yaratilgan 20 dan ortiq haykal shahar bog‘lariga joylashtiriladi
9 sentabr 2024, 14:39

Toshkentdagi xalqaro simpoziumda yaratilgan 20 dan ortiq haykal shahar bog‘lariga joylashtiriladi

Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi.

Futzal bo‘yicha jahon chempionati kubogi O‘zbekistonning 14 ta shahrida bo‘ldi
9 sentabr 2024, 13:00

Futzal bo‘yicha jahon chempionati kubogi O‘zbekistonning 14 ta shahrida bo‘ldi

Coca-Cola O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA Jahon kubogini qo‘llab-quvvatlaydi, muxlislar uchun qulaylikni ta’minlaydi va plastikni qayta ishlash orqali atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi
9 sentabr 2024, 12:52

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin qimmatlashgani fonida yana rekordni yangiladi va 39,1 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin zaxirasining qiymati 5,77 milliard dollarga oshdi.

Toshkentda Urbanizatsiya, arxitektura va dizayn bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi
9 sentabr 2024, 11:54

Toshkentda Urbanizatsiya, arxitektura va dizayn bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” — eskirgan poyezdlar, chipta yetishmovchiligi va yangi xaridlar haqida
9 sentabr 2024, 11:46

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” — eskirgan poyezdlar, chipta yetishmovchiligi va yangi xaridlar haqida

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joy va chiptalar yetishmovchiligi muammosini poyezdlar sonini ko‘paytirish orqali hal qilmoqchi. Tashkilot yil oxirigacha 28 ta, 2025−2026-yillarda esa 80 ta yo‘lovchi vagoni xarid qiladi. Eski vagonlar birin-ketin ro‘yxatdan chiqarilmoqda.

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)
9 sentabr 2024, 11:23

O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Toshkent aeroportida kutib olinadi (sportchilar korteji yo‘nalishi)

Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 9-sentabr kuni kechki 18:00 da Toshkent aeroportida (terminal-3) kutib olinadi. Sport vazirligi terma jamoani munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 13-o‘rinda yakunladi, bu — mamlakatning eng yaxshi ko‘rsatkichi
9 sentabr 2024, 11:11

O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 13-o‘rinda yakunladi, bu — mamlakatning eng yaxshi ko‘rsatkichi

Parijda o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qo‘lga kiritib, medallar jadvalida 13-o‘rindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi bo‘ldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija.

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklardan ishonchsiz mashina va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi
9 sentabr 2024, 10:13

Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklardan ishonchsiz mashina va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolaridan vatanga qaytish vaqtida ishonchsiz avtotransport vositalari va haydovchilar xizmatidan foydalanmaslikni so‘radi. Agentlik katta trassalarda harakatlanayotganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatib o‘tdi.

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
9 sentabr 2024, 09:39

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi.

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 41 yoshli piyoda halok bo‘ldi
9 sentabr 2024, 09:32

Toshkentda Cobalt urib yuborgan 41 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida Cobalt haydovchisi piyodani urib yubordi. 41 yoshli fuqaro voqea joyida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting