Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti — TEAM University tashkil etildi. Bir guruh tadbirkorlar va mutaxassislar ishtirokida ochilgan OTMda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
O‘zbekistonda naqd xorijiy valyuta taqchilligi bo‘lmaydi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov. Yaqinda muddatidan oldin Nyu-York Federal zaxira bankidan 200 mln dollar olib kelindi. May oyida yana 400 mln dollar olib kelinishi kutilmoqda.
Andijonda 2 nafar va Buxoroda 11 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Koronavirus bemorlari soni 17 nafarga ortib, jami 1582 kishini tashkil etmoqda.
Qozog‘iston o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Unga ko‘ra, migrantlarga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq zarar yetkazilganda, kompensatsiya va bepul tibbiy yordam kafolatlanadi.
Maxsus komissiya qarori bilan pensionerlarning bank kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi. Karantin davrida pensiyalar faqatgina kartalarga o‘tkazib beriladi.
Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovi va test imtihonlaridan o‘tadi.
O‘zbekistonda bir qator hujjatlarning amal qilish muddati avtomat ravishda 1 iyungacha uzaytirildi. Muddati o‘tib ketgani uchun hujjat egalariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirusga pulli test o‘tkazishga ruxsat berildi.
Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1565 nafar bemor. 19 aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 75 nafarga ko‘paygan edi. O‘tgan kun davomida 11,8 mingta test o‘tkazildi.
Respublika perinatal markazi homilador ayollardan birida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga yopildi.
O‘zbekistonda 43 ta yangi koronavirus holati qayd etildi (umumiy — 1543 ta).
Buxoro va Toshkentda 20 kishi koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 214 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 1495 tani tashkil etmoqda.
Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga oshib, 1490 kishiga yetdi.
Koronavirus aniqlangan 77 yoshli bemor ayol bronxopnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Koronavirus bemorlari soni 19 nafarga ortib, jami 1469 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda karantin va kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytiriladi.
Yana 9 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Sog‘aygan bemorlardan biri chiroqchilik 83 yoshli ayol bo‘lib, uning ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, samarali davolash muolajalari tufayli butkul sog‘aygan. Bir kunda mamlakatda 38 nafar koronavirus bemori tuzalib, jami 194 nafarni tashkil etmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting