Matematika muammolari yechimini ilgari surgan olimlarga 100 ming dollarlik Al-Xorazmiy xalqaro mukofotini taqdim etish taklif qilinmoqda.
O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi ikkinchi xayriya yordami sifatida qo‘lqop, niqob, xalat va ko‘zoynaklardan iborat shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.
2020/2021 o‘quv yili bakalavriatga 145 ming, magistraturaga esa 10 ming talaba qabul qilish rejalashtirilmoqda. «Matematika» va «Tabiiy fanlar» ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
Jarimalarni ilk 15 kun ichida to‘laganlarga 30 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi. Yangi tartib qo‘llanilmaydigan holatlar ham bor.
O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan bemorni ko‘rgani kelganlar shifoxonaga kiritilmaydi, bemorlarning tibbiy xodimlardan tashqari boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi taqiqlandi, davolash-profilaktika muassasalari IIO xodimlari tomonidan kunu tun qo‘riqlanadi.
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun jarimalar miqdori belgilandi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi. Istanbuldan kelgan fuqaroda va Londonda bo‘lib qaytgan fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.
Prezident «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unda ro‘yxatga olish varag‘i, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartiblari va respondentning huquqlari kabi masalalar belgilangan. Endilikda 10 yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.
Qirg‘izistonda ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Umra safaridan qaytgan uch fuqaroda virus aniqlandi.
Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan noshirlik va matbaa sohasi yanada erkinlashtiriladi. Jumladan, darsliklarni chop etish narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi, tushumdan «Ijod» fondi uchun ajratmalar bekor qilinadi.
Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 11 kishiga yetdi.
Nur-Sulton va Olmaota koronavirus sababli 19 martdan boshlab karantinga yopilmoqda. Fuqarolar va transport harakati cheklanadi, bozorlar va savdo markazlari yopiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etish taklifi e’lon qilindi. 2020−2021 o‘quv yilida 420 kishi bakalavriat yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinishi kutilmoqda.
Paralimpiyachilardan Ismira Islomova, Shahzoda Mamadaliyeva, Muslima Nuriddinova va Kamolaxon Abdullayeva doping sababli to‘rt yilga musobaqalardan chetlashtirildi.
OAVda Koreyadagi kompaniyaning o‘zbekistonlik ishchisi koronavirus bilan og‘riganligi haqida ma’lumot berilgan edi. TIV O‘zbekiston fuqarosining faqat karantinga olinganini ma’lum qildi.
Istanbuldan kelgan reys yo‘lovchisining turmush o‘rtog‘i va xuddi shu reysning boshqa bir yo‘lovchisida ham koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirganlar soni 10 nafarga yetdi.
Eron va Latviyadan 212 nafar O‘zbekiston fuqarosi Namanganga olib kelindi. Ular ikki haftalik karantinga joylashtirildi.
Messendjerlar orqali vertolyotlardan dorilar sepilishi va bolalar ko‘chalarda bo‘lganligi uchun ota-onalar jarimaga tortilishi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Vazirlar Mahkamasi ushbu ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting