Kosonda maktab direktori qalbaki diplom tayyorlab berish va maktabga ishga joylashtirish uchun 800 dollar pora olayotganda ushlandi.
Qonunchilikdagi yangilikka binoan, manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan 68 nafar mahkumga pensiya tayinlangan. Ammo shu toifa mahkumlarning 300dan ortig‘i davlat pensiyasini olish yoshiga yetgan. Pensiya jamg‘armasi vakili Shuhrat Utaganov ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Andijonda sakkiz oylik qizini 5000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan yosh ona qo‘lga olindi.
Xitoyda yangi turdagi koronavirus tufayli kelib chiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni esa 4,5 mingdan oshdi.
Paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan va jarimaga tortilgan mansabdorlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekistonning ikki prezidenti — Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning sifatlari va siyosatini taqqosladi.
Hamkorbank rahbarining sobiq o‘rinbosari Alisher Mirzayev «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Andijonda uy-joy mojarosi tufayli o‘ziga o‘t qo‘ygan X. G‘oyibnazarov vafot etdi. Prokuratura Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi («O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish loyihasi Germaniyaning dan pearlman Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hayvonlarni saqlash sharoitlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, attraksionlar joylashuvi qayta ko‘rib chiqiladi.
Human xususiy bandlik agentligi Shohinur Fayzullayevga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zararni qoplab berishi kerak.
Milliy paxta mahsulotlarini jahonga mashhur tekstil va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan boykot qilinishi tashabbuskori — Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda. Ular amalga oshirilgan ishlarni tekshirmoqchi.
Aholi va ishbilarmonlarning kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 18 foizni tashkil etdi. Markaziy bank esa 2020 yil uchun inflyatsion prognozni 12−13,5 foiz darajasida saqlab qoldi.
Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft) investitsiya korporatsiyasi «Kafolat» sug‘urta kompaniyasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Korporatsiya sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniyalar rivojiga hissa qo‘shadi.
«Andijonda yoshlar o‘n kunligi» loyihasi doirasida viloyatdagi barcha hokimlik rahbar lavozimlari yoshlarga topshirilmoqda. Ular 10 kun muddat Andijon viloyatini hokim Shuhrat Abdurahmonov bilan birga boshqaradi.
O‘zbekiston hukumati ishchi guruhining Dushanbega safarida umumiy chegara delimitatsiya masalalariga oydinlik kiritishi kutilmoqda.
O‘tgan yili O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2018-yilga nisbatan 27,5 foizga o‘sib, 2,32 mln so‘mni tashkil etdi.
Madaniyat vazirligida Ozodbek Nazarbekov yangi lavozimda jamoaga tanishtirildi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov hamda sobiq vazir, ayni paytda senator Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.
Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa qayiqsoz va uning dengiz fojiasi haqida film suratga olindi. Unga Nozim To‘laxo‘jayev rejissyorlik qilgan.
Toshkent IIBB xodimlari tomonidan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan shaxslarni tekshirish paytida ulardan 39 ta pichoq olib qo‘yildi.
2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. Yangi avtomobillar narxi 270 milliondan 380 milliongacha so‘mni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting