O‘tgan yili o‘zbekistonliklar import mashinalarga oldingi yilga nisbatan qariyb 1,4 baravar ko‘proq — 440 million dollar sarfladi.
3−14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit’alari uchun boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab bekor qilindi.
11−20 yanvar kunlari O‘zbekistonda 141 ta YTH qayd etildi, 25 kishi halok bo‘ldi, 148 kishi jarohatlandi.
Toshkent hokimiyatida Starbucks qahvaxonasi tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qilindi. Alshaya Group chakana franshizalar operatori hujjatlarni tayyorlash va joylashuvni tanlash to‘g‘risida ma’lum qildi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali ish boshlaydi. Talabalar maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi.
Yakkasaroy kichik sanoat zonasidagi korxonalarni Sergeli tumanidagi yangi sanoat markaziga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Zavod joylashgan joyda Day and Night biznes markazini qurish mo‘ljallanmoqda.
Gretsiyada ilk bor ayol kishi — Oliy ma’muriy sud raisi Katerina Sakellaropulu prezident etib saylandi.
Qonunchilik palatasi hukumatga a’zolar nomzodini tasdiqladi. Endi ular prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak (to‘liq ro‘yxat suratlari bilan).
Tailandda o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yarimfinal doirasida Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi. Endi uchinchi o‘rin uchun bahsda qatnashib, olimpiada yo‘llanma olish imkoni bor.
2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.
IIV Tergov departamenti rahbari Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozim bir kun avval bo‘sh qolgandi.
«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League'da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi.
O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, transport va madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yangi rahbarlar ish boshlaydi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. 21 ta vazirlikdan 9 tasining rahbarlari o‘zgardi, xususan, Vladimir Medinskiy, Olga Vasileva, Maksim Oreshkin va Veronika Skvorsova vazirlik lavozimlarini tark etdi.
AQSH Senatida Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshlandi. Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar yetakchisi jarayonni «tezlashtirilgan tartibda» o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24 yanvar kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Ba’zi kanallarda u surdo tarjima, rus va ingliz ingliz tiliga o‘girilgan holda uzatiladi.
Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.
Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi.
Tomsk viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi, yana bir qurbonning shaxsi aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vafot etganlarning ism-shariflarini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting