Kasbi tuman IIB boshlig‘i lavozimiga Chori Ko‘charov o‘rniga Farruh Ibragimov tayinlandi. Samarqand va Jomboy tumanlarida ham yangi IIB boshliqlari ish boshladi.
Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Minskda muzokaralar o‘tkazdi. Prezidentlar savdo-sotiqni kengaytirish, mintaqaviy hamkorlik va boshqa masalalarda fikr almashdi.
«Avtotest» kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi: «Biz tahqirlardan charchadik».
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi «Jinoyatga moyil ayollarning 23 toifasi» haqidagi xabarlarni haqiqatdan mutlaqo yiroq deb atadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda malaka oshirishi to‘g‘risidagi talabga rozi bo‘lmagan sub’ektlar hukumat yoki Konstitutsion sudga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi. Avtotest Report monopolist korxonalar reyestriga kiritilishi mumkin.
Abdirasul Safarov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Toshkent viloyatida yana uchta tumanda xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik qurilmalar bilan jihozlanadi.
Ai-91 benzini narxi 15 avgustdan birja savdolari orqali erkin belgilanadi. Hozirda bir litr Ai-91 birjada yuridik shaxslarga o‘rtacha 5500 so‘mdan sotilmoqda.
«Tariflarning oshirilishi, bu — milliy bozordagi narxlarni jahon narxlariga yaqinlashtirish emas, balki korxonalarning zararsiz ishlash nuqtasiga yaqinlashishdir», — deya qayd etdi Moliya vazirligi. Iste’molchilarning jami xarajatlari oyiga 58,5 ming so‘mga ortishi kutilmoqda.
Prezident Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi yarim yil davomida mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlari yetkazgan zarar miqdorini ma’lum qildi.
Andijon davlat universitetining arxiv mudiri uch fuqarodan jami 12.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistondagi buzilishlar va ularning OAVda yoritilishi masalalari bo‘yicha fikr bildirdi. U jiddiy qaralmasa, bu ketishda oqibati yomon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga jo‘nab ketdi.
Samarqand viloyatining Samarqand va Jomboy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Avvalgi hokimlar prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida ishdan bo‘shatilgan edi.
Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasidagi armatura ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ziyod vaqt kerak bo‘ldi. Yong‘in texnologik jarayon buzilishi sababli elektr tarmog‘ida zo‘riqish vujudga kelgani natijasida paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
So‘nggi vaqtlarda uylar ommaviy buzilib, daraxtlar ayovsiz kesib tashlangan Rishton tumanida hokim o‘zgardi. Eski hokim o‘z xohishi bilan lavozimini tark etdi.
Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normani 250 kVt·soatgacha qisqartirish, me’yordan ortiqcha energiya iste’moli uchun oshiriluvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
15 avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, issiqliq ta’minoti, ichimlik suvi, shuningdek jamoat transportida yo‘l haqi tariflari oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting