Toshkentda 7-iyunga o‘tar kechasi Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi drenaj quvurlarini yangilash uchun vaqtincha yopiladi.
Toshkentda «Oqtepa lavash» shoxobchalarida tovuqli sendvich iste’mol qilgan 15 kishi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
O‘zbekiston TIV “Bi-Bi-Si” muxbiri Avazbek Tohirovni akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Britaniya teleradiokompaniyasining Toshkentdagi byurosi 2005-yilda yopilgan edi.
Toshkentning Yunusobod tumanida 12 yoshli o‘smir ko‘p qavatli uy hovlisi mashina urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtomobilni boshqargan ayol to‘xtash va tezlik tepkilarini adashtirib yuborganini ma’lum qildi.
Kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.
«O‘zbektelekom» mamlakatda keng polosali internetdan foydalanishni kengaytirish uchun YeTTBdan 100 mln dollar miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarni Ramazon hayiti bayrami bilan tabrikladi.
O‘zFA Genomika va bioinformatika markazi doktorantlariga prezident sovg‘asi — 1 xonali uylar topshirildi.
G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov zimmasiga hudud rahbari vazifasini bajarish yuklatildi.
Toshkent viloyatida uchta xalqaro darajadagi kurort qurilishi uchun 500 mln dollardan ziyod mablag‘ jalb etiladi. Yetti shahardan iborat «Oltin halqa» barpo etiladi.
Toshkent aeroportining uchib kelish zaliga shahar drenaj tizimi sababli suv sizib kirgani ma’lum qilindi.
Portugaliyada O‘zbekiston fuqarosi pichoqdan olgan jarohat natijasida vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ramazon hayitining birinchi kuni (5 iyun) Toshkentdagi jamoat transporti 4:00 dan ish boshlaydi.
O‘zbekiston hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi.
«Farxod» chegara bojxona posti orqali AQSH dollari va qozoq tengesining olib chiqilishi holati to‘xtatib qolindi.
Qarag‘andada (Qozog‘iston) uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlandi.
«Novza» metrosi yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda beshta avtomobil ishtirokidagi avariya Bunyodkor shoh ko‘chasida bir soatdan ortiqroq vaqt davomida tirbandliklarga sabab bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon bayrami arafasida jazo o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 575 nafar fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Agroekspertlar O‘zbekistonga paxta va bug‘doy kvotalarini bekor qilish, ular narxini oshirishga ruxsat berish va qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini liberallashtirishni tavsiya qilmoqda.
Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatida bir AQSH dollari 8513,57 so‘m etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting