Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi maktab-internatga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Andijon viloyatida 908 ta loyihani amalga oshirish, 1,7 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyani o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Asaka tuman obodonlashtirish bo‘limining ikki xodimi yo‘l yoqasidagi gullarni sug‘orayotgan vaqtda avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi, bir ayol shifoxonaga yotqizildi.
Yangiyo‘l shahrida «Makro» savdo majmuasida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv. metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.
Karmana tumanida maktabga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar pora so‘ragan ikki ayolga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiya universiteti bilan hamkorlikda doktorantlar tayyorlanishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
XTV tomonidan Dang‘ara tumanida konsert dasturiga xalq ta’limi muassasalari pedagoglariga 10000 so‘mdan majburiy chipta sotilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Shavkat Mirziyoyev «Mustaqillikning 27 yilligi» mahallasidagi «Feruzbek teks» MCHJ, «Kelajak bolajonlari» MTM va madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan birgalikda yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Khantex Group» MCHJ tomonidan tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.
Toshkentdagi ta’lim yarmarkasiga Turkiyaning 30 ta universiteti vakillari tashrif buyuradi. Yarmarkadan tashqari, Turkiya OTMlariga kirish imtihoni bo‘lib o‘tadi.
MOQning yangi rahbari Rustam Shoabdurahmonov olimpiya o‘yinlari oilasiga kirgan barcha sport federatsiya va assotsiatsiyalar mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil qildi.
Shavkat Mirziyoyev Xonobod sihatgohida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Samarqand shahrida «Midibus» rusumli avtobusning «Spark» bilan to‘qnashuvi natijasida uch kishi shifoxonaga yotqizildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahridagi «Xon tex city» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha umumiy vaziyat yanada yaxshilanishi kerak, deyiladi YeIning yillik hisobotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting