«Chirchiq» poligonida razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish bo‘yicha qo‘shinlar jangovar shayligi tekshirildi.
Hukumat qarori bilan atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi tasdiqlandi.
Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi rasman ochildi.
24-apreldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshirildi. “Suvsoz” korxonasi bu haqda 25-aprel kuni ma’lum qildi.
Toshkent va Samarqandda Pyotr Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining filiallari ochiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni saralab topshirganlarga loyiha hamkorlarining savdo shoxobchalarida sarflash mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari taqdim etiladi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlariga yo‘naltiriladi.
Bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan www.advice.uz portali orqali turli sohalardagi qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Yuqorichirchiq tumanida o‘zini departament xodimi deb tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan 1 million so‘m pulni olayotgan fuqaro qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni «Dyaoyuytay» qarorgohida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Sergelida ko‘p qavatli uy-joylar qurilgani sababli u yerda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida to‘rtta yangi umumta’lim maktablarining qurilish ishlari boshlandi.
Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi natijasida jabrlangan og‘ir ahvoldagi fuqaroni harbiylar vertolyot yordamida kasalxonaga yetkazishdi.
2020-yil yanvariga qadar 10 ta davlat kompaniyasida sinov rejimida monopolitsiya qarshi komplayensni joriy etish taklif qilinmoqda. Ular orasida Olmaliq KMK, GM Uzbekistan va “O‘ztransgaz” ham bor.
Ekoklimat kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib tovush, issiq va sovuq o‘tkazmaydigan, allergiya qo‘zg‘atmaydigan va o‘tga chidamli «mineral paxta» qurilish materialini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Pekinda mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida hamkorlikni muhokama qildi.
Jahon iqtisodiyotida o‘sish sur’atlarining pastligi va OPEK tarkibiga kirmagan davlatlarda neft qazib olish hajmining oshirilishi neft narxining tushishiga olib kelishi mumkin.
“Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumida so‘zga chiqqan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mehnat qonunchiligini legallashtirish zarurligini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Huawei» kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Qashqadaryo viloyatida traktor ag‘darilishi natijasida jarohat olgan fuqaro qishloqdan shahar markaziga vertolyotda olib borildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting