Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar OTMga kirishda qo‘shimcha ball beradigan tavsiyanomani qo‘lga kiritish uchun test sinovlarini topshirishmoqda.
«Devis Kubogi"ning pley-off bahslarida Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov kabi tennischilar qatnashadi.
DXA turli davlat organlari tomonidan fuqarolardan bekor qilingan yoki elektron olinishi belgilangan hujjatlar talab etilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Surxondaryo viloyati «Ayritom» chegara bojxona posti orqali 0,21 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini sigareta ichiga joylab olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatildi.
Xitoy hukumati olim Xe Szyankuy tadqiqoti natijasida genetik modifikatsiyalangan bolalar dunyoga kelganini rasman tasdiqladi.
Zimbabveda yoqilg‘i narxlari oshgani sababli o‘tkazilayotgan namoyishlar manzarasida Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bloklandi.
26-yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.
Quroli borligi bilan qo‘rqitib, samolyotni qo‘lga olishga harakat qilgan Surgut-Moskva reysining mast yo‘lovchisi ushlandi.
Andijon davlat universitetida Yevropa Ittifoqi «Erasmus+» dasturining qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi ochildi.
Qo‘qon shahrida xalq qabulxonasida ishlashini aytgan fuqaro arzon imtiyozli uylardan olib beraman deb, o‘z tanishini chuv tushirdi.
Uzcard brendidan kiberfiribgarlik maqsadida foydalanildi — rasmiy sayt interfeysi ko‘chirib olinib, bonuslar olish uchun karta raqamini kiritish taklif qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder bilan uchrashdi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi AQSHda to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan boykotni bekor qilish masalasini muhokama qiladi.
Sobir Xolmatov «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining innovatsion rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Bektemir tumanidagi «Sharq» YPX maskanida Marhamat tumanida yashovchi M.M. 920,45 gr opiy giyohvandlik vositasi bilan qo‘lga olindi.
Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirila boshladi.
Futbolchi Roberto Karlos o‘zbekistonlik yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolalar bilan uchrashadi.
Xususiy maktablar darsliklar va litsenziya olishda hamda kam ta’minlangan oila farzandlariga ta’lim berishda soliqqa tortish masalalari bo‘yicha qiyinchilikka duch kelmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi aloqalarni muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlindan Myunxen shahriga keldi va bu yerda o‘qiyotgan, ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting