Prezident matbuot xizmati tashriflari sanalarini ma’lum qildi — Shavkat Mirziyoyev 17−18 yanvarda Hindistonga, 20−22 yanvarda Germaniyaga boradi.
O‘zbekistonga olib kirilgan va mamlakatda ishlab chiqarilgan mobil uskunalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Ichki ishlar tizimida xizmat qilgan 174 nafar xodim jinoyatga qo‘l urgani uchun javobgarlikka tortildi.
Zarafshon milliy tabiat bog‘ida sayyohlar davomiy va qisqa muddatli dam olishi mumkin bo‘lgan kurort hudud tashkil etiladi.
Toshkentdagi nemis tilini chuqurlashtirgan holda o‘qitish bo‘yicha 60-sonli ixtisoslashgan maktabga nemis shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang fon Gyote nomi berildi.
Hafta o‘rtasi iliq va quruq bo‘ladi, biroq dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda to‘rt oy o‘tib yana Facebook, YouTube va VK ochilishni boshladi. Bunga qadar bir necha soat internetga ulanishda muammolar bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatda jinoyatlar soni kamayganini bildirdi.
«Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Uchtepa tumanida yashagan Ye.P. ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uy bekasi vafot etdi.
XTVning huquqiy nazorat xizmati xodimlari Yuqorichirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanganini aniqladi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ikki agentlik, bittadan qo‘mita va jamg‘arma tashkil etildi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi.
Nodir Jo‘rayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Farg‘ona viloyatida Tico kanalga tushib ketdi, unda ketayotgan keksa er-xotin halok bo‘ldi.
Fermerni kaltaklab, uning hisob raqamidagi 25 mln so‘mni majburan boshqa fermer xo‘jaligiga o‘tkazgan Olot tuman hokimi bu ishni shaxsiy manfaati yo‘lida qilmaganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi.
YeTTB Tallimarjon IES uchun quvvati 900 MVt bo‘lgan gaz turbinalarini o‘rnatish uchun 240 mln dollargacha miqdorda kredit ajratmoqda.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligining davlat xaridlari va litsenziyalash bo‘yicha vakolatlari boshqa davlat idoralariga o‘tkazildi.
Markaziy Osiyo va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting