Vazirlar, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va boshqa darajadagi rahbarlar «Chirchiq» poligonida yig‘in o‘tadi.
Tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
«Yandeks» xizmati O‘zbekistonda tez orada qayerda yog‘ingarchiliklar va boshqa ob-havo hodisalari kuzatilishini ko‘rsatib turuvchi yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi.
Prezident imzolagan farmonga ko‘ra, eksport bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi.
Prezident Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini batafsil rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
O‘zbekiston yil so‘ngiga qadar suveren kredit reytingini olishi, 2019 yilning birinchi choragida esa tashqi bozorga obligatsiyalarni chiqarishi mumkin, dedi moliya vaziri.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot kengashi O‘zbekistonning MXTga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosi bo‘ldi.
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasini ta’sis etish to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, Mudofaa vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.
Avtomobil yo‘llarini qurishda Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
Prezident yangi ochilgan Urganch — Xiva poyezdida Xiva shahriga keldi.
Salome Zurabishvili Gruziya prezidentligiga saylovda 59,52 foiz ovoz bilan g‘alab qozondi.
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi loyiha qiymati 65 million dollar bo‘lgan to‘qimachilik korxonasi «Katqal'a teks» faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Endilikda gaz hisoblagichini yechish va o‘rnatishga arizalar onlayn qabul qilinadi. Xizmat bepul taqdim etiladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jenevada Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
«Valyuta „qora bozori“ mavjud bo‘lishi uchun monetar sabablar yo‘q», — dedi Markaziy bank departamenti direktori Bobir Abubakirov.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi.
Endilikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik kirish-chiqish vizalari 3 yilgacha muddatda rasmiylashtirilishi mumkin.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq shartlari va mezonlari belgilandi.
Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevro taqdim etadi.
Toshkent aeroporti kuchli tuman sababli bir qator reyslarni qabul qila olmadi, samolyotlar boshqa shaharlarga yo‘naltirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting