SamDU Malaka oshirish markazi xodimlari 16,7 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi.
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish orqali 2020 yilgacha paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tishni rejalashtirmoqda.
2019 yildan Toshkent avtobus haydovchilarining kunlik rejasi bekor qilinadi.
Toshkentda birinchi KFC restorani ish boshladi. Xalqaro tarmoqning boshqa restoranlari ham ochilishga tayyorlanmoqda.
Bekobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida 237,7 mln so‘mlik talon-tarojliklar aniqlandi.
AQSHning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu AQSH ma’muriyatining ushbu sohadagi vakilining so‘nggi o‘n yillikda mamlakatga ilk tashrifi.
Mamlakatdagi birinchi pulli trassa Toshkentdan Samarqandgacha masofani ikki soatgacha vaqtda bosib o‘tishga imkon beradi.
Prezident qarorida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqishda sansalorliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tan olindi. Muammolarni hal qilish uchun hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tashkil etildi.
Qurolli mojarolar va iqlim o‘zgarishlari sababli 821 mln kishi ochlikdan azob chekmoqda, 150 mln bola o‘sishdan ortda qolmoqda, deyiladi BMT hisobotida.
«Toshtransdispetcherxizmat» xodimini haqorat qilgan Zangiota tumanida yashovchi 26 yoshli Hikmatulla M. besh sutkaga qamaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Yangiyo‘l tibbiyot birlashmasida davlat byudjetidan moliyalashtirish smetasida ko‘zda tutilmagan 420,5 mln so‘mning ortiqcha sarflab yuborilgani aniqlandi.
«Toshshahartransxizmat» konditsionerga ega 550 ta past polli avtobus (SamAuto LE 60 va MAN) xarid qiladi. Eletkrobuslarni sotib olish masalasi ham o‘rganilmoqda.
2018−2019 o‘quv yili davomida Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi IOZMI tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy autsorsing xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Eron jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi.
Rossiyaning Orlovsk viloyatidagi YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, bir nafari jarohatlandi.
Yangi o‘quv dasturlari, bullingga barham berish va internetlashtirish — O‘zbekiston maktablarini yaqin uch yilda qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
AQSHning Headwall Power LLC kompaniyasi Qiziriq tumanida 1 GVtgacha bo‘lgan 1,2 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kuzgi-qishki navigatsiya davrida Mumbayga (Hindiston) yangi yo‘nalish ochmoqda.
Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasida «O‘zbekiston sovg‘alari» ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting