O‘zbekiston va Tojikiston 103,3 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Mamlakatlar 2020 yilgacha savdo aylanmasini 500 mln dollarga oshirishni mo‘ljallamoqda.
Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Malayziyaning qayta tayinlangan elchisi Hendi Assan bilan uchrashdi.
Statistik tahlil natijalariga ko‘ra joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida YTHlar soni 43,3 foizga pasaygan.
«Vatan» kinoteatri yaqinida bosqinchilik qilgan uch gumondor ushlandi. Ularning barchasi muqaddam sudlangan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi turi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi.
Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Samarqand shahrida yashagan Sh. R. Jizzax viloyatida mashinasi boshqaruvini eplay olmay beton to‘siqqa borib urilishi natijasida yong‘in yuz berib, haydovchi va uning rafiqasi vafot etdi.
Kamolxo‘ja Eshnazarov Sog‘liqni saqlash vazirligining Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bosh prokuror O.Murodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Koreyaning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Zamonaviy avtomat-statsionar va mobil radarlar yordamida Toshkentda 15 avgust kuni 237 haydovchi tezlik qoidalarini buzgani aniqlandi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi XVIII Osiyo o‘yinlari oldidan ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida qatnashdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi oktabr oyida amalga oshadi.
Bir oy ichida 5000 dan oshiq O‘zbekistonga kirish vizalari taqdim etildi, bir arizachiga rad javobi berildi.
M.Ulug‘bek tumani TTZ massividagi «Navro‘z dexqon bozori» ilk bor tadbirkorlik sub’ektiga Ishonchli boshqaruvga berildi.
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni Kobul shahridagi «Mavaud» ta’lim markazida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahar 50-sonli umumta’lim maktabi direktori va Mirzo Ulug‘bek tuman XTB mudiri bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov e’lon qildi.
O‘zbekiston prezidenti Qurbon hayitini 21 avgustda nishonlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
1 oktyabrdan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlangan yuridik shaxslar avtoturargoh xizmatini ko‘rsatishlari mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting