«Toshshahartransxizmat» AJ markaziy apparati hamda tarmoq korxonalari mas’ul xodimlari tomonidan jamoatchilik nazorati o‘tkazish tartibi belgilandi.
Abdullo Xolmurodovich Xursanov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi — bosh direktori etib tasdiqlandi.
Bosh vazir Abdulla Aripov «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida o‘tayotgan test imtihonlari jarayoni bilan tanishdi.
Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi.
76 nafar abituriyent uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringani uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Ohangaronda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘lib, 1 kishi jarohat oldi.
21−29 iyul kunlari Portugaliyada fizika fanidan bo‘lib o‘tgan 49-xalqaro olimpiadada NamDU akademik litseyi o‘quvchisi Umidjon Hafizov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ruxsat berilgan «tonirovka», tugatilayotgan tashkilotlar, oyligi oshadigan sudyalar — 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?
Er yoki xotinning birgalikda qancha vaqt yashashidan qat’i nazar, Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘yilishiga ruxsat berish taklif qilinmoqda.
Test sinovlari materiallari hamda natijalari maxfiyligi va daxlsizligi Davlat feld’egerlik xizmati tomonidan ta’minlanadi.
Iyulda tovar va xizmatlar narxlari 0,3 foizga pasaydi. Ikkinchi oy ketma-ket kuzatilayotgan deflyatsiya oziq-ovqat mahsulotlari narxining arzonlashgani bilan bog‘liq.
Toshkent shahar prokuraturasi 10 kun davomida Chirchiq daryosi va kanallar qirg‘og‘ida 769 ta noqonuniy qurilish qilingani aniqladi. Ularning barchasi buziladi.
Bu yil ilk marta butun mamlakat bo‘ylab oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘tkazilayotgan test imtihonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzatish mumkin.
Aminov Rustam Anvarovich Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
YAIDXPda turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha yangi xizmatlar ishga tushirildi.
Rahmonov Sharof Diyorovich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
TIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohidov prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi tayinlandi.
Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nabiyev jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Suma Chakraborti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev va uch nafar bosh vazir o‘rinbosari bilan uchrashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting