Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida beshta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, Shavkat Mirziyoyev ulardan birida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Prezident Samarqandda «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetini ochish haqidagi qarorga imzo chekdi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasining sobiq raisi Umidjon Salimov kompaniya boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
DSQ tizimida 1245 xodim vazifasidan ozod qilindi. DSQ barcha turdagi soliq tekshiruvlarini o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi.
Yaponiya va Kolumbiya terma jamoasi jahon chempionati-2018 ning pley-offiga chiqdi. 1/8 finalda ular Angliya va Belgiyaga qarshi o‘ynaydi.
Bosh prokuror Otabek Murodov Senatda sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoiy ishga izoh berdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda tarixiy obyektlarni saqlab qolish bo‘yicha ishlar tubdan kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida mutaxassislar yetishmayotganini bildirdi hamda boshqa muammolarga ham e’tibor qaratdi.
Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga 160 kishi qabul qilinadi, kirish imtihonida og‘zaki suhbat ham o‘tkaziladi.
Xalq ta’limi vazirligi rahbar lavozimlariga xodimlarni saralash boshlangani to‘g‘risida e’lon qildi.
Suvli to‘siqlardan o‘tish, tankka qarshi harakatlar va mina maydonlaridan o‘tishni o‘z ichiga olgan tank biatloni bo‘yicha musobaqa yakunlandi.
Sobiq xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov Namangan davlat universiteti rektori bo‘ldi.
Senat «Jamoat joylarida chilim va sigaret chekishni cheklash to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi.
Senatning payshanba kuni ochilgan yalpi majlisida «Ekstremizmga qarshi kurashish haqida"gi qonunni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligining Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Said Rustamov O‘zbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinlandi.
Besh oy davomida 5246 kishi reabilitatsiya markazlariga olib borilgan bo‘lsa, faqat 20 kishi tibbiyot markazlariga joylashtirilgan, dedi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2018−2019 yillar qishki navigatsiya davridan Toshkent-Jidda-Toshkent reysini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Braziliya va Shveysariya jahon chempionati-2018 1/8 finaliga yo‘l oldi. Ular Meksika va Shvetsiyaga qarshi o‘ynaydi.
2 iyuldan 50, 100, 200 va 500 so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqariladi. MB tangalar dizaynini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting