Oxirgi bir necha oyda poytaxtimiz savdo shaxobchalarida sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘planmasi.
Buxoro viloyatining Afshona qishlog‘ida xalq tabobati markazi, qishki bog‘, tabiiy giyohlar, tibbiy adabiyotlar savdo shoxobchalari va boshqalardan iborat majmua barpo etiladi.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Joriy yil birinchi choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga E-SUD tizimi orqali 204 mingdan ziyodroq murojaatlar kelib tushdi.
Shavkat Mirziyoyev Namangandagi madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi bilan tanishdi va uni «Afsona» deb nomlashni taklif qildi.
Prezident tog‘li Nanay qishlog‘ida (Namangan viloyati) dam olish zonasini tashkil etib, bu yerga tashrif buyuruvchilarning kirishini soddalashtirishga topshiriq berdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi san’at saroyi va metro stansiyasiga «Xalqlar do‘stligi» nomini qaytarish hamda Toshko‘cha ko‘chasiga Shoahmad Shomahmudov nomini berish qarorini tasdiqladi.
Namangan shahar davlat xizmatlari markaziga FHDYO, pasport bo‘limlari, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va boshqa xizmatlar joylashtirildi. «Sarsonchilik, adolatsizlik, korrupsiya bo‘lmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
1100 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga kommunal xizmatlar to‘lovi uchun 300 ming so‘mlik sertifikatlar topshirilmoqda.
Prezident Sobir Rahimov haykalini qaytarish tarixiy adolatning tiklanishi ekanini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi agrotajriba natijalari bo‘yicha kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishga doir maxsus qaror ishlab chiqishga topshiriq berdi.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida Setra avtobusi va MAN yuk mashinasi to‘qnashuvida ularning haydovchilari — O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab berish uchun Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Milliy aviakompaniyaning ichki reyslarida foydalanib kelinayotgan Il-114−100 samolyotlari tijoriy ekspluatatsiyadan chiqarildi.
Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari 17 maydan kuchga kiradi.
Parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ilk «Hukumat soati"da aholini ichimlik suvi va dori vositalari bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
2-may kuni harbiy orkestr Ikkinchi jahon urushi yillari texnikalaridan iborat avtokolonnada Toshkent bo‘ylab o‘tadi.
O‘zbekistonlik bokschilar Tailandda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sakkiz medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Turkiya «Mehnat-migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi bitimni imzoladi.
O‘zbekiston hozirda XXRga mosh va gilos yetkazib bermoqda. Xitoy qovun, uzum, mevalar va boshqa mahsulotlarini import qilishga tayyor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting