O‘zbekiston mamlakat hududida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tashkillashtirish uchun barcha choralarni amalga oshirishga tayyor, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Namangan viloyatida hojatxona o‘rasiga tushib ketgan smartfon sababli vafot etganlar soni uch nafarga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.
So‘nggi ikki oyda 2002−2013 yillarda konstitutsion tuzumga tajovuz qilish va boshqa jinoyatlarda ayblanib qamoqqa hukm qilingan besh fuqaro ozodlikka chiqarildi.
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi.
Hojatxona o‘rasiga tushib ketgan telefonni chiqarib olishga uringan ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi zaharlandi.
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod kattaqo‘rg‘onlik o‘qituvchi o‘limi tafsilotlarini yoritganidan so‘ng unga nisbatan bosim va tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o‘tkazish tartiboti bekor qilindi.
Fransiyaning Veolia kompaniyasi Namanganda issiqlik ta’minoti, Toshkentda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.
Fevralda jigar transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan Ubaydulla Dadaxo‘jayev shifoxonadan chiqdi. Bunday operatsiya O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev Kemerovodagi yong‘in natijasida ko‘plab insonlarning vafot etgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.
Kechqurun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Chopar pitssaxonasi va Les Ailes kafesi filiallarida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Kemerovodagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘inda 50 nafarga yaqin inson, jumladan 9 bola halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘ylaridan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.
2010 yilda sudlangan Zulxumor va Mehriniso Hamdamova oradan sakkiz yil o‘tib ozodlikka chiqarildi.
«Navoiy-Nurota» avtoyo‘lida Captiva va Matiz to‘qnashuvi natijasida Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Sobiq «Toshturma» binosi buzib tashlanib, uning o‘rnida zamonaviy xiyobon barpo etiladi.
Jinoiy guruh Farg‘ona viloyatida eshak go‘shtini umumiy ovqatlanish shoxobchalariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Shavkat Mirziyoyev unumdor tomorqa yerlaridan foydalanish qoniqarsiz ahvolda ekanini tanqid ostiga olib, «Tomorqaga ekin ekish» oyligini e’lon qildi.
Namangan viloyatida to‘rtinchi marta qonunbuzarlik sodir etgan avtomobil o‘g‘risi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting