O‘zbekiston rahbari OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Uning ta’kidlashicha, jurnalistika nafaqat “to‘rtinchi hokimiyat”, balki mudofaa va xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Prezident axborot maydonini sifatli va raqobatdosh kontent bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda may oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish keskin pasaydi (-58%). Gaz qazib olish hajmi ham 2020-yil avgustidan beri yangi minimal darajaga yetdi — 3,52 milliard kub metr.
O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.
Ostona apellyatsiya sudi rafiqasi Saltanat Nukenovani qiynoqqa solib o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.
Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATOning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Siyosatchi Yevropa Ittifoqining nufuzli yetakchilaridan biri sanaladi. U Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlaydi, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan til topisha oladi va nizolardan qocha olish qobiliyati uchun “Teflon Mark” laqabini olgan.
25-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-majlis doirasida “O‘zmilliybank” va Xitoy davlat taraqqiyot banki O‘MBga 2 mlrd yuan ajratuvchi bitimni imzoladi.
Bekobod shahri IIB binosida vafot etgani aytilayotgan 43 yoshli erkak ishi doirasida bir nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olindi. Marhumning akasi “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida bu voqeada jami 8 nafar xodim ishtiroki bo‘lganini aytmoqda.
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migratsiya oqimini tartibga solish, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Vladimir Kolokolsevga O‘zbekiston IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi ham ko‘rsatildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu, tomonlar ta’kidlaganidek, hamkorlikni kengaytirish uchun “yangi huquqiy asos” bo‘ladi.
2013−2017-yillarda O‘zbekiston ATK vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Kim Nam Sok mamlakatning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi. U elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, respublikada AKTni joriy etish bo‘yicha standartlar va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etgan.
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2,1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ularning asosiy qismini kannabis, marixuana, gashish va opiy tashkil qiladi. Foto.
Artel`dan Dual Inverter texnologiyasiga ega sovitkichlarning ikkita yangi modeli taqdim etildi. Ushbu yechim yuqori energiya samaradorligi bilan bir qatorda uzoq xizmat muddatini ham ta’minlaydi.
Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida erkak gul do‘konidagi sotuvchi qizni bo‘g‘ib, so‘ngra uni tinchlantirishga harakat qilgan yana ikki yigitni urgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Parkent tumanida yuk mashinasi piyodalarni o‘tkazib yuborayotgan ikkita Cobalt, Spark va Lacetti`ning orqasidan kelib urdi. Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmadi.
Sherzod Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining yangi hokimi bo‘ldi. U bungacha viloyatning Narpay tumanini 2020-yildan buyon boshqarib kelayotgandi.
Bu yil oliy va professional ta’lim muassasalariga kirishda testda qatnashish uchun 894 279 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Hujjat topshirganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan.
Asialuxe Travel milliy turoperatori nafaqat kattalar, balki yosh sayohatchilarni ham qiziqtiradigan dam olish mehmonxonalari tanlovini tayyorladi.
Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).
Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting