O‘zbekiston prezidenti Yoshlar siyosati va sport vazirligining ajralishini va Yoshlar ishlari agentligini Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazishni tasdiqladi.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga “tovlamachilik” tushunchasi qo‘shildi. Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova “Adolat” sotsial demokratik partiyasi raisi etib saylandi. Avvalroq u Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.
Aksiya doirasida iPhone 15 Pro Max va boshqa smartfonlarni yutib olish mumkin.
O‘zbekistonda endi kriptoaktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda 1-maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bu uchun jarimalar 10 baravar oshiriladi. Buzilgan yerlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, tabiiy landshaftni tiklash rejalashtirilgan.
Olma va sitrus mevali pirog, “olma” sloykalari, vanilli sharlotka, olma va yong‘oqli rulet va boshqalar — Zira.uz olma solib tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ijarachilari o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari endi onlayn auksion orqali 30 yil muddatga ijaraga beriladi.
Ukraina Rossiya bilan urushdagi strategiyasini o‘zgartirib, 2024-yilda “faol mudofaa"ga o‘tmoqda, deb yozdi FT. Bu mudofaa chizig‘ini ushlab turish va bir vaqtning o‘zida dushmanning zaif tomonlarini qidirishni o‘z ichiga oladi.
Qozog‘iston BMTning Yaqin Sharq va Afrikadagi missiyalarida ishtirok etish uchun tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Ilk 139 nafar harbiy xizmatchi Golan tepaliklariga jo‘natiladi. Toqayev bu “geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda” mamlakat qurolli kuchlariga jangovar mahoratini oshirish imkonini berishini aytdi.
Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.
O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan pivo hamda tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinishi mumkin. Senat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni Jahon savdo tashkilotining bitimlariga moslash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.
Yettita kinopremyera, “Sharqona bozor” va “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, Rayhon konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunidagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.
Senatorlar O‘zbekistondagi bir qancha qonunlarni Jahon savdo tashkilotining “Intellektual mulk huquqlarining savdo yo‘nalishlari bo‘yicha Bitim” talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.
O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting