Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 15:50

Farg‘onada YTH oqibatida Italiya fuqarosi halok bo‘ldi

Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?
7 iyun 2023, 15:30

Avtomobilni jaziramadan saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Jazirama kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu mashina jihozlari xiralashishi, yorilishi va buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar jaziramadan ularni qanday saqlash borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
7 iyun 2023, 15:24

Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
7 iyun 2023, 14:54

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoq erkin turistik zonasiga) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Har kuni 3 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m etib belgilandi.

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi
7 iyun 2023, 14:33

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlangan o‘nlab odamlar hibsga olindi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Guruh tashkilotchilari, rasmiylarga ko‘ra, aybiga iqror bo‘lgan.

Bo‘kada IIBdagi qiynoqlar oqibatida vafot etgan fuqaroning ukasi ham qiynoqqa solingani aytilmoqda
7 iyun 2023, 12:59

Bo‘kada IIBdagi qiynoqlar oqibatida vafot etgan fuqaroning ukasi ham qiynoqqa solingani aytilmoqda

Bo‘kadagi IIBda qiynoqqa solingandan so‘ng vafot etgan Usmon Salimboyevning yaqinlari voqeaga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ular marhumdan tashqari uning ukasi ham qiynoqqa solinganini aytdi. Jamoatchilik ichki ishlar tizimi isloh qilinishini talab qilmoqda.

Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bola 4 kundan buyon qidirilmoqda
7 iyun 2023, 12:53

Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bola 4 kundan buyon qidirilmoqda

Toshkent tumanida 5 yoshli bola Zaxariq kanaliga tushib, oqib ketdi. 4 kundan buyon uning jasadini topish uchun kanal suvini to‘xtatib turishga ruxsat kutilayotgani aytilmoqda.

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi
7 iyun 2023, 12:20

Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Jahon bankining yangi prognoziga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,1 foizni tashkil etadi. Yanvar oyida bank 4,9 foiz o‘sishni prognoz qilgan.

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib oldi
7 iyun 2023, 11:29

Samarqandda to‘rt yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizchani tutib oldi

Samarqand shahrida to‘rt nafar yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizaloqni hayotini saqlab qoldi.

Alif saytlar va ilovalar uchun komissiyasiz onlayn to‘lovlarni ishga tushirdi
7 iyun 2023, 11:00

Alif saytlar va ilovalar uchun komissiyasiz onlayn to‘lovlarni ishga tushirdi

Alif Pay birinchi uch oylikda foizsiz 1 mlrd so‘mgacha ekvayring hizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu xizmat tadbirkorlarga qulaylik yaratib, ilovani yuklab olish majburiyatisiz to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Video: Toshkentda YPX xodimlari BMW mototsikllaridan foydalanishga o‘rgatilmoqda
7 iyun 2023, 10:48

Video: Toshkentda YPX xodimlari BMW mototsikllaridan foydalanishga o‘rgatilmoqda

Toshkent shahrida YPX xodimlari Germaniyadan keltirilgan BMW mototsikllarini boshqarish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilmoqda.

Apple yangilangan Macbook Air, M2 chiplari, Vision Pro shlemi va IOS 17 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi
7 iyun 2023, 10:39

Apple yangilangan Macbook Air, M2 chiplari, Vision Pro shlemi va IOS 17 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi

Apple 34-WWDC dasturchilar konferensiyasida o‘zining yangi mahsulotlari — Macbook Air noutbuki, Mac Studio kompyuterlari, M2 chiplari, Vision Pro virtual reallik shlemi va iOS 17 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.

Toshkentda yangi multimedia ko‘rgazmasi: “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar”
7 iyun 2023, 10:16

Toshkentda yangi multimedia ko‘rgazmasi: “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar”

10-iyun kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” nomli yangi multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Avvalroq “Van Gog bo‘lmoq” va “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmalari o‘tkazilgandi.

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi
7 iyun 2023, 09:45

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 50 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.

Aksariyat banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi
7 iyun 2023, 09:42

Aksariyat banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 7-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470−11 520 so‘m.

Toshkentda o‘zini 4-qavatdan tashlagan erkak halok bo‘ldi
7 iyun 2023, 09:15

Toshkentda o‘zini 4-qavatdan tashlagan erkak halok bo‘ldi

Olmazor tumanida 38 yoshli erkak o‘zini 4-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi. Voqeaga marhumning qarzlari ko‘payib ketgani uchun tushkunlikda yurgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.

Notebookoff: 2023-yilda ish, o‘qish va uy uchun optimal noutbukni qanday tanlasa bo‘ladi
7 iyun 2023, 09:00

Notebookoff: 2023-yilda ish, o‘qish va uy uchun optimal noutbukni qanday tanlasa bo‘ladi

O‘zbekistondagi Notebookoff onlayn-do‘koni ekspertlari noutbuk tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘ladi
7 iyun 2023, 08:47

Shavkat Mirziyoyev 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘lib, u yerda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi. Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejadan joy olgan.

Qashqadaryoda 14 yoshli qizini kaltaklagan ota 3 yilga qamaldi
6 iyun 2023, 23:35

Qashqadaryoda 14 yoshli qizini kaltaklagan ota 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 14 yoshli qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan ota 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Samarqandda yangi “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda (foto)
6 iyun 2023, 19:33

Samarqandda yangi “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda (foto)

Samarqandda Zarafshon daryosi sohilida, aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda 389 gektar maydonda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari va boshqa obyektlardan iborat “zamonaviy” “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentiga massivning master-rejasi taqdim etildi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting