Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi
16 may 2023, 18:54

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Markaziy bank “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i kassalarida bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Sinov joriy yil 1-noyabriga qadar davom etadi.

O‘zbekiston bo‘ylab muzeylar kuni nishonlanadi
16 may 2023, 18:18

O‘zbekiston bo‘ylab muzeylar kuni nishonlanadi

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat muzeylari tashrif buyuruvchilarni bepul qabul qiladi. Davlat san’at muzeyida Bahodir Jalolning “Mangulikdagi chiziq” ko‘rgazmasi ochiladi va rassom bilan uchrashuv o‘tkaziladi, Miniatyura muzeyida xattotlik bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

Toshkentda metroda yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi
16 may 2023, 18:09

Toshkentda metroda yosh qizga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

12-may kuni Toshkent shahrida metro vagoni ichida yosh qizga shahvoniy shilqimlik qilgan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Uning avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgani sabab jazo yengillashtirilmadi. Yigit 5 sutkaga qamaldi.

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi
16 may 2023, 15:39

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyevni lavozimidan ozod qildi. Idoraning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bunga uning so‘nggi 6 oy davomida aholining noroziligiga uchragan videolari sabab bo‘lgan.

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda
16 may 2023, 15:08

YeTTB 2023-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishini prognoz qilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari noqulay geosiyosiy vaziyatga chidamlilik ko‘rsatmoqda. YeTTB prognoziga ko‘ra, mintaqa iqtisodiyoti 2023-yilda 5,2 foizga o‘sadi va kelgusi yilda ham o‘sishda davom etadi.

Uzum ekotizimi kafe, restoran va do‘konlardan Uzum Tezkor yetkazib berish servisini ishga tushirdi
16 may 2023, 15:00

Uzum ekotizimi kafe, restoran va do‘konlardan Uzum Tezkor yetkazib berish servisini ishga tushirdi

Endi Uzum foydalanuvchilari o‘zlarining sevimli muassasalaridan taom buyurtma qilish imkoniyatiga ega. Tez orada do‘konlardan oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish ham mumkin bo‘ladi.

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi
16 may 2023, 14:50

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqariladigan 14 ta tuman nomi ma’lum bo‘ldi

Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturi (yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha) O‘zbekistonning 14 tumanida, jumladan, Toshkentning Chilonzor tumanida ham amalga oshiriladi. 2024-yildan boshlab ushbu dastur butun respublika bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

O‘zbekiston Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida yuqoriladi
16 may 2023, 14:30

O‘zbekiston Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida yuqoriladi

O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse turi bo‘yicha “Oqtosh-Chorvoq Mountain” ko‘p kunlik musobaqasi o‘tkazildi. Unda qatnashgan milliy terma jamoa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi reytingida bir necha pog‘onaga ko‘tarildi.

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi
16 may 2023, 14:21

Mastercard O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi

Mastercard O‘zbekistonda birinchi rasmiy vakolatxonasini ochadi. Shuningdek, kompaniya YeTTB bilan kichik biznes egalari, ayniqsa, ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

IIV Telegram`da ayollarning suratlarini tarqatishda gumonlangan guruh adminlarini qo‘lga oldi
16 may 2023, 12:52

IIV Telegram`da ayollarning suratlarini tarqatishda gumonlangan guruh adminlarini qo‘lga oldi

IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegram`da xotin-qizlarning behayo suratlarini tarqatishda gumonlangan fuqarolarni qo‘lga oldi. Ular tasvirlarni ko‘rish yoki o‘chirtirish uchun pul talab qilgan. Vazirlik ushbu holatdan jabrlanganlardan 102 raqamiga xabar berishlarini so‘radi.

Namangandagi bog‘da 12 yoshli bola boshidan jarohat olib vafot etdi
16 may 2023, 12:12

Namangandagi bog‘da 12 yoshli bola boshidan jarohat olib vafot etdi

Namangan shahridagi istirohat bog‘ida 12 yoshli bola attraksionda aylangan vaqtida boshidan jarohat olib vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tarqalgan videolarga ko‘ra, voqea 30 ga yaqin o‘quvchi maktab jamoasi bilan aylanishga chiqqanda sodir bo‘lgan.

Jizzax viloyatida bo‘lim prokurori $1,3 ming pora olgani aytilmoqda
16 may 2023, 11:28

Jizzax viloyatida bo‘lim prokurori $1,3 ming pora olgani aytilmoqda

Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etganini iddao qilib, “xizmati” uchun tadbirkordan 1300 dollar so‘raganlikda gumonlanmoqda, u pullarni olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, DXX Andijon viloyatida ham pora olganlikda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi.

Yil boshidan beri 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
16 may 2023, 10:57

Yil boshidan beri 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida 107 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan (22 nafari bolalar), 2 bemor vafot etgan. Zaharlanishlar eng ko‘p uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan.

Tijorat banklarida dollar kursi yana tushdi
16 may 2023, 10:45

Tijorat banklarida dollar kursi yana tushdi

Tijorat banklari 16-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 420 — 11 475 so‘m.

“Oltin qalam” mukofotining 2023-yilgi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
16 may 2023, 10:17

“Oltin qalam” mukofotining 2023-yilgi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Bosh milliy mukofot g‘olibi — O‘zMUning Jurnalistika fakulteti jamoasiga Gentra avtomobili topshirildi.

Toshkentda IIO xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi
16 may 2023, 10:16

Toshkentda IIO xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Tarmoqlarda Shayxontohur tumanida fuqaroning IIO xodimlari bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, fuqaroning mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Biroq hujjatlashtirish jarayonida u IIO xodimlarining talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatgan.

O‘zbekistonda qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi
16 may 2023, 09:58

O‘zbekistonda qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi

Respublikada 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi. 2024-yil 1-oktabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Toshkentda Amir Temur ko‘chasining bir qismi noma’lum muddatga yopildi
16 may 2023, 09:26

Toshkentda Amir Temur ko‘chasining bir qismi noma’lum muddatga yopildi

15-maydan Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi noma’lum muddatga yopildi. Bu vaqtda ko‘cha bo‘ylab yangi elektr tarmog‘ini qurish ishlari olib boriladi.

15-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 may 2023, 23:44

15-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Tadbirkorlarga alohida imtiyozlar dasturi, yopiq eshiklar ortida ko‘riladigan 12 yoshli qizning o‘ldirilishiga oid sud ishi, OTMlarga kirish imtihonlari yana yopiq binolarda o‘tkazilishi, 2 o‘quvchini urib yuborgan 19 yoshli Damas haydovchisi, hafta o‘rtasida yomg‘ir va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

IIV Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha JCHdagi tartibsizliklar haqidagi xabarlarni rad etdi
15 may 2023, 20:34

IIV Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha JCHdagi tartibsizliklar haqidagi xabarlarni rad etdi

Tarmoqlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ommaviy tartibsizliklar haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston IIV 13-may kuni tashkilotchilar charm boks qo‘lqoplarini tekinga tarqatgani, muxlislar esa bir-birlariga navbat bermasdan tartibsiz harakat qilganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting