Biznes uchun elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi kechiktirildi
14 iyul 2022, 23:59

Biznes uchun elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi kechiktirildi

Vazirlar Mahkamasining biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxini oshirish to‘g‘risidagi qarori vaqtincha to‘xtatildi. Hukumat ushbu qarorni yangi tariflar kuchga kirishidan bir kun oldin qabul qildi.

14 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 iyul 2022, 22:00

14 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga kelgan Turkmaniston prezidenti, Konstitutsiyaga yetishmayotgan ayrim qo‘shimchalar, tezda chiqib ketgan 200 ming so‘mlik banknot, rekonstruksiyasi ma’qullangan Shota Rustaveli ko‘chasi, benzinni kam quyayotgan Ayrim AYOQSHlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 14 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Xo‘jakenttepa yodgorligi hududida dacha qurilmoqda. Hujjatlar prokuraturaga topshirildi
14 iyul 2022, 21:51

Xo‘jakenttepa yodgorligi hududida dacha qurilmoqda. Hujjatlar prokuraturaga topshirildi

Madaniy meros agentligi Bo‘stonliqdagi Xo‘jakenttepa arxeologik yodgorligi hududida dala hovli qurilayotgani yuzasidan izoh berdi. Avvalroq bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Markaziy bank nima uchun 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi tezlashganiga izoh berdi
14 iyul 2022, 21:12

Markaziy bank nima uchun 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi tezlashganiga izoh berdi

Markaziy bank 200 ming so‘mlik banknotalarni nima uchun avval rejalashtirilgan 2024 yildan ancha avval muomalaga chiqarishga qaror qilinganiga izoh berdi. Regulyator buni muomaladagi naqd pullarning umumiy hajmida 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushining keskin oshgani bilan izohladi.

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi
14 iyul 2022, 20:08

Farg‘onada 22 yoshli Damas haydovchisi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi: 2 kishi o‘ldi, 2 kishi jarohatlandi

Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Damas haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkentda “Kyoshebashi” turk restorani ochiladi
14 iyul 2022, 19:00

Toshkentda “Kyoshebashi” turk restorani ochiladi

Toshkentda “Kyoshebashi” turk restoraning birinchi franshizasi ochiladi.

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2022, 18:09

O‘zbek atletlari Butunjahon o‘yinlarida ikkita medalni qo‘lga kiritdi

AQShda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar — Dostonbek Otabolayev karate bo‘yicha bronza, Darya Latisheva esa ushu bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi
14 iyul 2022, 17:09

Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini «Ko‘ksaroy» qarorgohida kutib oldi. Shundan so‘ng, ikki davlat yetakchilari tor doiradagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelishga taklif qildi.

“RG Brands” kompaniyasi “A'su” ichimlik suvini ishlab chiqarmoqda
14 iyul 2022, 17:00

“RG Brands” kompaniyasi “A'su” ichimlik suvini ishlab chiqarmoqda

“RG Brands” kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaradigan “A'su” ichimlik suvining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Navoiylik jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi
14 iyul 2022, 16:36

Navoiylik jurnalist Ruxsora Karimova YTHda halok bo‘ldi

Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muharriri, jurnalist Ruxsora Karimova avariyaga uchrab, vafot etdi. Baxtsiz hodisa junalist ish yuzasidan Toshkent shahriga kelayotganda yuz bergani aytilmoqda.

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi
14 iyul 2022, 16:19

Birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida $451 mlnlik bitimlar imzolandi

Buxoroda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek-turkman hududlararo forumida 451 mln dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. Qolaversa, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari o‘rtasida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy ishchi guruhlar tuzilishi ma’lum qilindi.

Toshkent viloyatida 3 gektar yerni $350 mingga sotishga urinishdi
14 iyul 2022, 15:56

Toshkent viloyatida 3 gektar yerni $350 mingga sotishga urinishdi

Toshkent viloyatida ikki fuqaro 3 gektar yer maydonini 350 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Ular kelishilgan puldan 10 ming dollarini olganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi — Rasul Kusherbayev
14 iyul 2022, 15:09

Tergov organini alohida qilish vaqti keldi — Rasul Kusherbayev

Prokuraturada bir vaqtning o‘zida tergov funksiyasi mavjudligi odil sudlovni amalga oshirishga halaqit beradi, degan fikrda Rasul Kusherbayev. Deputat DXX, IIV va prokuraturadan mustaqil bo‘lgan tergov organini tashkil etish vaqti kelgani va buni Konstitutsiyada aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

Toshkent hokimi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi
14 iyul 2022, 14:47

Toshkent hokimi Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasini obodonlashtirish, drenaj va sug‘orish tizimi, yo‘l bo‘yida piyodalar va velosipedchilar yo‘laklarini barpo etish orqali rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzoladi.

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayol 3 yilga uy qamog‘iga hukm qilindi
14 iyul 2022, 14:35

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayol 3 yilga uy qamog‘iga hukm qilindi

Qarshi shahar sudi «Jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan 29 yoshli ayolni 9 oylik farzandi borligini hisobga olib, 3 yilga uy qamog‘iga hukm qildi. Bundan tashqari, DXX ekstremistik oqim g‘oyalarini tarqatganlikda gumonlab, yana ikki nafar fuqaroni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi
14 iyul 2022, 13:51

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.

Qozog‘iston Rossiya bozorini tark etgan kompaniyalarni jalb qilmoqchi
14 iyul 2022, 13:13

Qozog‘iston Rossiya bozorini tark etgan kompaniyalarni jalb qilmoqchi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi
14 iyul 2022, 12:38

“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan 2022−202-yillarga mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘limlar sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.

Ayrim AYOQSHlarda benzin kamroq quyilayotgani aniqlandi
14 iyul 2022, 12:35

Ayrim AYOQSHlarda benzin kamroq quyilayotgani aniqlandi

«O‘zneftgazinspeksiya» ayrim AYOQSHlarda benzin kam quyilayotgani, sifatsiz yoqilg‘i sotilayotgani hamda boshqa qonun buzish holatlarini aniqladi. Jumladan, 10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani ma’lum bo‘ldi.

«Yerusti halqa yo‘li»dagi metroning 5- va 7-bekatlari oralig‘ida vaqtincha avtobus qatnaydi
14 iyul 2022, 12:15

«Yerusti halqa yo‘li»dagi metroning 5- va 7-bekatlari oralig‘ida vaqtincha avtobus qatnaydi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi tufayli metro harakati vaqtincha to‘xtatildi va uning o‘rniga «Rohat 5-metro bekati — Qo‘yliq 7-metro bekati» oralig‘ida vaqtincha ikkita avtobus qatnaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting