O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga 30 yil to‘ldi. “BMTTD O‘zbekistonning barqaror kelajak qurish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi”, — deydi dasturning Yevropa va MDH davlatlari uchun mintaqaviy byurosi direktori Ivana Jivkovich.
“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoyat ishida sudlangan yana 28 nafar shaxsning apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qarori e’lon qilindi. 5 nafar sudlanuvchining jazosi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi, 16 nafar sudlanuvchining jazo muddati qisqartirildi, 7 nafar sudlanuvchining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.
So‘nggi kunlarda poytaxtning qator tumanlarida kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlarning aksariyati oldindan rejalashtirilgan bo‘lib, ta’minot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar tufayli sodir bo‘lmoqda, deya izoh berdi “HETK” Toshkent shahri filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev.
Nukus voqealari ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida muzokaralar tugadi. Hukm chiqishi kutilmoqda. Prokuror 4 nafar ayblanuvchining shartli jazosini real muddatlarga almashtirish, 13 nafar mahkumning jazosini yengillashtirish, ulardan 8 nafarini esa ozod qilishni so‘radi. Tajimuratov va uning advokati bayonot berdi.
2020-yilda to‘satdan Toshkentning M1 dahasida ko‘p qavatli uylardagi kafe-restoranlarning tashqi ayvonlarini buzish boshlangandi. Hozirda yana ayvonlar buzilmoqda. Rasmiylar aholi shikoyati va qonunbuzarliklarni da’vo qilayotgan bo‘lsa, biznes qonuniy me’yorlar yo‘qligini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda shahardagi har bir mahallada yashil hududlar barpo etiladi. “Toshkentga „xalq shahri“, „xalq hordiq chiqaradigan shahar“ nomlarini olib berish siyosatini yuritamiz”, — deydi u.
Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha apellyatsiyada ayblanuvchilar, asosiy sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatma berdi, ekspertlar so‘roqlari davom etdi. Sud, shuningdek, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi iddaolarini tekshirish natijalarini ham e’lon qildi.
Bahor rostmanasiga qachon kirib keladi? Bodom gullaganidami? Boychechak ochilganidami? Yo mart boshlanmay So‘qoqda “mador-somsa” brendi uyg‘onganidami? Yo‘q, bahor qulupnay pishganida kirib keladi! “Gazeta.uz” ayni qulupnay-murabbo mavsumida qulupnayzorlarni aylandi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda kambag‘allik darajasi kamayib borayotgani, biroq aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilangina uni qisqartirib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Kambag‘allikni qisqartirish barcha vazirliklarning asosiy masalasiga aylansa, barqaror natijalarga erishamiz”, — dedi u.
Nukus voqealari bo‘yicha apellyatsiyani ko‘rib chiqayotgan sud Dauletmurat Tajimuratovning advokati Sergey Mayorov iltimosiga ko‘ra ekspertlarni so‘roqqa taklif qildi. Himoyachi ularning javoblariga qo‘shilmasligini aytdi. U sudda qo‘yilgan 1−2-iyul voqealariga oid videoni “jurnalistlik hissiyotli xabar” deb atadi.
Telegram-guruhga nashida havolasini yuborgan 21 yoshli talaba yigitning 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgani ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Aksariyat fuqarolar unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘ta og‘ir va adolatsiz deb hisoblamoqda. Holat yuzasidan Alisher Sa’dullayev ham fikr bildirdi.
6−8-may kunlari Sirdaryoda o‘tgan lll Xalqaro baxshichilik festivalida 30 ga yaqin davlatdan baxshilar qatnashdi. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning festival uchun qancha mablag‘ ajratilgani bo‘yicha savoliga “Biz yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz”, — deya javob qaytardi.
Oliy sud 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan va otilgan 208 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. 2021−2023-yillar davomida sovet davrida qatag‘on qilingan jami 408 nafar o‘zbekistonlik oqlandi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Qashqadaryoda noyob ayiq otib o‘ldirilganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq aslida aholiga xavf tug‘dirmagan, hokimiyatga esa uni o‘ldirmaslik haqida tavsiya berilgan. Vazirning fikricha, tabiatga bunday munosabat “vahshiylik” va juda katta jinoyat.
MTRKning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalini “Karvon” nomi bilan Madaniyat va turizm vazirligiga o‘tkazish haqidagi prezident qarori loyihasi jamoatchilik tanqidiga uchradi. Faollar: “Adabiyotdan qo‘rqishyaptimi?”, deb savol qo‘ymoqda. Vazir Ozodbek Nazarbekov muhokama va hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting