Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli yo‘l qisman yopiladi.
O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi yangi nizomga sharh.
Qibray tumani Salar shaharchasi Tinchlik mahallasida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi.
Turistik avtobus Chimyon yo‘lida pastlikka tushib ketdi. Hodisa vaqtida u bo‘sh bo‘lgan.
Chimkentdagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universiteti tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar mahalliy yoshlar tazyiqiga uchrayotgani xabar qilindi. TIV vaziyatni nazoratga oldi.
Samarqandda 2022 yildagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti uchun yo‘l va ko‘chalarni yangilashga 25 mln dollar ajratildi.
Fanlar akademiyasi tizimida Milliy arxeologiya markazi, markaz negizida esa Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti tashkil etildi.
Bekobodda to‘rt egizak — ikki o‘g‘il va ikki qiz dunyoga keldi.
Toshkentning Uchtepa tumanidagi Lutfiy va Shirin ko‘chalarida Avtomobilsiz kun bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya «Seul» bog‘idagi konsert bilan yakunlanadi.
«G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlari yakunlandi. Chegaradagi shartli jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha jangovar topshiriq muvaffaqiyatli bajarildi.
Toshkent prokuraturasi Yevropa davlatlariga ishlashga yuborish uchun 52 kishidan 18−35 mln so‘mdan olib, ishga jo‘natmagan Human bandlik agentligiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston «O‘zarxiv» agentligi tashkil etiladi. Milliy arxiv fondi hujjatlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi va sug‘urta nusxalari yaratiladi.
Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishga urinishda gumonlanayotgan ikki erkak qo‘lga olindi.
Islombek Rustambekov Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Azamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
«G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari taktik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni boshladi.
«Tez yordam»ga tushayotgan murojaatlarning 30 foizdan ko‘prog‘i asossiz chaqiriqlarni tashkil etadi. Bu tibbiy xizmat sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, deya ma’lum qildi SSV.
Namanganda o‘z ismini oshkor qilmagan tadbirkor shahardagi o‘zi o‘qigan maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi.
O‘zbekiston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Bahrom Bahodirovich Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting