Toshkent hokimi G‘afur G‘ulom bog‘i rekonstruksiyadan keyin ham bepulligicha qolishi, tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishi va birorta ham daraxt kesilmasligini ma’lum qildi.
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov ustidan ochiq sud boshlandi.
Yangi o‘quv yilidan texnikumlar bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Prezident dori vositalari savdosi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Savdo-sotiq jarayonini videoga yozib olish, 2021 yildan esa retseptlarni elektron shaklda berish majburiy bo‘ladi.
Oliy Majlis deputatlari qonunchilikka transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni ko‘zda tutuvchi qo‘shimchalarni kiritishni birinchi o‘qishda qabul qildi.
Adliya vazirligining taklifiga asosan Aholiga huquqiy axborotni yetkazish vayuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Yangi haftada harorat 3−6 daraja pasayadi, mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Zangiota tumanidagi Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksida «My5» telekanali ijodkorlari hamda Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokida yuzaga kelgan voqea do‘stona hal etildi.
Amerikalik rejissyor Devid Grem Ichan-qal’ada yangi qisqa metrajli «Olovuddin» filmini tasvirga oldi.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Afg‘onistonda yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasini amalga oshirishni boshladi.
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.
Samarqand viloyatida bir oilaning besh a’zosini qatl qilgan sudlanuvchilarga umrbod qamoq jazosi tayinlandi
2019 yilning avgust oyi davomida «Toshshahartransxizmat» tomonidan o‘tkazilgan monitoringlarda belgilangan me’yorlarni chetlab o‘tish bilan bog‘liq 200 dan oshiq holat aniqlangan va haydovchilarga chora ko‘rilgan.
Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida talabalar uchun stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash imkoni yaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori, Advance HE ijrochi direktori va tashkilot katta maslahatchisi bilan uchrashdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi.
Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi vayron bo‘lmoqda. Poytaxt hokimiyati tepalik ustini yopish va ob’ekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalari kuchlari bo‘linmalariga yaqinda qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Samarqanddagi qurilish kompaniyasi rahbariyati qamoq jazosiga hukm etildi. Ularga firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting