Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan «Riviera» savdo majmuasining qurilish jarayonida metal konstruksiyani qulashi natijasida 4 kishi qurbon bo‘ldi va ikki nafari jarohatlandi.
«Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydonida «Men g‘olib» shiori ostida «Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi» tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Singapurlik sarmoyadorlar O‘zbekistonda chiqindilarni plazma usulida utilizatsiya qilish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Yakkabog‘ tuman hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning o‘g‘li ularga tegishli do‘kon mahalliy hokimlik mas’ullari tomonidan qaytadan tiklab berilganini inkor qildi.
Toshkentdagi «Malika» savdo markazida o‘tkazilgan reydda soqol qo‘ygan kishilar Shayxontohur tumani 4-sonli ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, majburiy ravishda soqoli olingan. «Gazeta.uz» buni oshkor qilgan bloger bilan suxbatlashdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Qoraqalpog‘istoning Qorao‘zak tumanidagi ikki maktabga kompyuterlar, robototexnika to‘plamlari hamda turli boshqotirma o‘yinlarini taqdim etdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasida yangi o‘quv va maishiy binolar foydalanishga topshirildi.
Komil Rashidov bosh vazir maslahatchisi — Xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari departamenti mudiri etib tayinlandi.
Majburiy mehnat uchun ma’muriy jarima miqdori 10 barobarga oshiriladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bu haqdagi tuzatishlarni kiritish ma’qullandi.
Xorazmda yashovchi shaxs spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda chaqirilgan yengiltak ayol bilan kelisholmagani oqibatida uni bo‘g‘ib o‘ldirdi.
Prezident qarori bilan yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan belgilangan tashkilotlarning xulosasini olish talabi bekor qilinadi.
Yangi o‘quv yili uchun darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi. 3-sinflar uchun ijara to‘lovi miqdori o‘tgan o‘quv yilidagiga nisbatan 12600 so‘mga, 8- va 9-sinflar uchun esa 31,8−29,1 ming so‘mga o‘sgan.
«Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun loyihasida markaziy isitish tariflarini binoning umumiy maydonini hisobga olgan holda belgilash va faqat isitish mavsumi uchun to‘lov joriy etish taklif qilinmoqda.
Surxondaryo hokimi Sherobod tuman hokimining Surxon qo‘riqxonasida mehmonxona qurilishi uchun yer ajratishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
Toshkentda 9-sentyabrdan 11-oktyabrgacha muddatda issiq suv kuzgi reja asosida o‘chiriladi.
«Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qaror ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Qorako‘l tumanida uch dona ov quroli va kuchli yoritish asboblaridan foydalangan holda 2 bosh urg‘ochi jayronni ovlaganlar shaxslar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi.
«Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
Kuzatuv videokamerasi sinov tariqasida Toshkentdagi 24-yo‘nalishdagi avtobuslarga o‘rnatildi. Yil oxiriga qadar barcha yo‘nalishdagi avtobuslarga videokuzatuv vositalarini o‘rnatiladi.
Davlat xizmatlari sohasida sentyabr oyidan hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma olish bo‘yicha yengilliklar yaratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting