Toshkentning Chilonzor va Shayxontohur tumanlaridagi uchta bozorga favqulodda xizmatlarni chaqirish tugmalari o‘rnatildi.
Toshkent Savdo departamenti mutasaddi rahbarlari va bir qator bozorlar rahbarlari ustidan sud jarayoni davom etmoqda.
Gulnora Karimovaning advokati Toshkent viloyatidagi Zangiota ayollar koloniyasida u bilan uchrashdi.
Surxondaryo viloyati hokimi vazifasidan ozod etilgan Bahodir Po‘latov Surxondaryo xalqiga minnatdorchilik bildirdi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Namanganda 1 mln. 558 ming 798 AQSH dollarining noqonuniy tarzda O‘zbekistondan olib chiqib ketilishining oldi olindi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan «Bolalar kitobi haftaligi"ning ochilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.
Hukumat qarori bilan Madaniyat markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Sergeli tumanidagi «Obod» mahallasida va Yashnabod tumanidagi 58-harbiy shaharchada tekshiruv va ta’mirlash uchun gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Farg‘onada 11 dona polietilen qoplarga joylangan, salkam yarim tonna rangli metall parchalari va chiqitlarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.
Buxoroda Eski shahar yaqinida 225 mln dollarga Bukhara City qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha prezidentning viloyatga safari vaqtida taqdim etildi.
Odamlar baxtliroq yashashi uchun nima kerak va qanday investitsiya loyihalari eng qadrli hisoblanadi? Iqtisodchi Botir Qobilovning mulohazalari.
Bosh prokuratura Hindistonda ishlab chiqarilgan qalbaki «Komaston» dori vositasi importini fosh qildi.
«Bek to‘pi» savdo majmuasining sobiq direktori Shukrillaxon Ergashev IIV JIEBBga qarashli tergov hibsxonasida vafot etdi. Avvalroq «Chilonzor buyum savdo majmuasi» sobiq bo‘lim boshlig‘i o‘zini osib qo‘ygan edi.
7-apreldan Uzbekistan Airways Istanbulga amalga oshiriluvchi barcha reyslarini Otaturk nomidagi aeroportdan Yangi aeroportga o‘tkazadi.
Yaqin kunlarda yana yog‘ingarchiliklar kutilmoqda, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Pensioner O.K.ning xonadonida birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan va janjal oqibatida uni o‘ldirib, yashiringan shaxs ushlandi.
Genom ma’lumotlarini davlat ro‘yxati olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Unda ma’lumotlari DNK bazasiga kiritilishi majburiy bo‘lgan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting