Toshkent IIBB patrul avtomobili ichi va tashqarisidagi jarayonlarni yozib oluvchi videregistratorni sinovdan o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili tugashiga bag‘ishlangan tadbirlar 11 yillik ta’limga o‘tilgani munosabati bilan yangicha shaklda o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda qamoqxonalarning to‘lganlik darajasi 80 foiz, voyaga yetmaganlar uchun koloniyalarda — 20 foiz, dedi Akmal Saidov.
Chiroqchi tumanidagi o‘qish uchun sharoitlari bo‘lmagan maktab filiali o‘quvchilari boshqa binoga joylashtirildi.
Toshkentda «Moviy gumbazlar» restorani joylashgan xiyobon obodonlashtiriladi.
Kelgusi ikki yilda O‘zbekistonda 49 ta kinoteatr quriladi, ularning 12 tasi yozgi bo‘ladi.
Sud Samarqand viloyatida o‘qituvchi Diana Yenikeyevani urib yuborgan haydovchiga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Ichki ishlar vazirligida alohida xotin-qizlar bo‘linmalarini tashkil etish hamda ayollar yo‘l-patrul va sayyohlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.
Bosh prokuratura Akademiyasiga Yevgeniy Kolenko rahbar bo‘ldi. Rustam Gafurov uning o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yanvar-aprelda prokuratura organlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan chorak barobar kamroq jinoiy ishlarni tergov qildi. Bosh prokuratura buni jinoyatchilik darajasi pasaygani bilan bog‘lamoqda.
Amnesty International delegatsiyasi 22−25 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, qator rasmiy shaxslar bilan uchrashadi. Bunday tashrif so‘nggi marta 2004 yilda amalga oshirilgan edi.
«Gazeta.uz» o‘quvchilarni daraxtlarni himoya qilish tizimidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishga qaratilgan petitsiyaga imzo qo‘yishga chaqiradi. Petitsiyaning Oliy Majlisga yetkazilishi uchun 10 ming ovoz zarur.
Toshkentdagi «Jasorat» monumenti atrofidagi hududni rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi.
Poytaxtda Matbuotchilar ko‘chasi hamda Amir Temur xiyoboni va Zarafshon ko‘chasi oralig‘i ochiladi.
Mo‘ynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarovga ko‘ra, Mo‘ynoqda ichimlik suvi ta’minoti yomonlashdi, degan xabar asossiz.
Ostonada avtobus yong‘inida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik xotirasiga 52 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi.
Bekoboddagi maktabda bolalar peshonasiga ikki marta «ikki» chizilgan — ikkinchi marta buni hamkasbiga bo‘lgan eski adovat sababli qilgan. Maktabda talon-taroj holatlari ham aniqlangan.
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida kuchli yog‘ingarchiliklar sababli 543 ta hovli qisman suv ostida qoldi, jabrlanganlar yo‘q.
Prezident 1 yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Yil boshidan buyon bozorlardagi iste’molga yaroqsiz 17,2 tonna go‘sht va 25,2 tonna sut mahsulotlari olib qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting