Fan to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda fan va fan-texnik faoliyatini tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjat bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan barcha yetti kishi O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Toshkent IIBB YHXB avtobuslarning to‘xtashini taqiqlovchi 100 ga yaqin belgini demontaj qildi.
Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida bosh prokurorning sobiq o‘rinbosarlari Ulug‘bek Sunnatov va Jamshid Fayziyev ushlandi.
«Tozalash-antiterror» operatsiyasi 15 yil davomida olib borildi. U «Xavfsiz hudud» kompleks tadbirlari bilan almashtiriladi.
O‘zbekistonlik ofitserlar Rossiya tankchilarining harbiy tayyorgarligi uslublari bilan tanishdi.
Bahorning birinchi kuni O‘zbekiston va Tojikistonning chegaradosh tumanlari aholisi uchun bayramga aylandi — chegarada to‘qqizta o‘tkazish punkti faoliyatini qaytadan boshladi.
FVV Qozog‘istondagi YTHda yonib ketgan avtomobilda bo‘lgani taxmin qilinayotgan fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi.
Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini buzuvchilarni javobgarlikka tortishning yangi mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Fuqarolar qoidabuzarliklar yozuvlarini YHXB saytiga yo‘llashi mumkin.
Samarqand viloyatidagi ikkita tibbiyot muassasasi rahbari sanitariya qoidalariga rioya etilmagani uchun lavozimidan chetlatildi.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi avtoavariyada olti nafar o‘zbekistonlik hayotdan ko‘z yumdi.
Oxirgi bir necha oyda poytaxtimizning savdo shaxobchalarida sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘planmasi.
Daniyalik arxitektor Yan Geyl poytaxtning sakkizta tumanida qulay yashil zonalar yaratish va shaharni piyodalar uchun qulayroq qilishda Toshkent hokimiyatiga ko‘maklashadi.
2007 yilda sudlangan huquq himoyachisi Isroil Xoldorov 11 yillik mahbuslikdan so‘ng ozod qilindi.
Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev ishlarini ko‘rib chiqish 5 martga belgilandi.
Jahongir Xotamov Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari oshirildi.
Kuchli shamol va qattiq yomg‘ir 27 fevral kuni poytaxtda binolarning suv bosishi, Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida sel oqimlarini keltirib chiqardi.
Bahorning birinchi kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, chaqmoq chaqishi, 23−28 m/s gacha tezlikda shamol esishi kutilmoqda.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z bayrami kunlari (18−22 mart) ichki qatnovlarga 30−50 foiz chegirma e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting