May oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallagan O‘zbekiston, Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar, diniy materiallarni tarqatgani uchun ozodligi 4 yilga cheklangan toshkentlik yigit, avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Endilikda Click-akkauntni firibgarlardan himoyalash uchun selfi qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT klaster tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda universitet, masofaviy IT xizmatlarini eksport qilish markazi, tadqiqot markazlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq boshqa obyektlar ochiladi.
Litvaning Start Group kompaniyasi O‘zbekiston IIV xodimlari uchun 7000 ta planshet yetkazish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi va lot uchun 3,61 mln yevro taklif qildi. Bir planshet narxi taxminan 6,38 mln so‘m. Qurilma profilaktika inspektorlari, PPX xodimlari va boshqa xizmatlar ishini yaxshilashga yordam berishi kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniya, Litva va Lyuksemburgning oltita ish beruvchi kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi. Jumladan, Germaniyada avtomobilsozlik, elektronika, hamshiralik ishi va parvarishi (keksalarga qarash) mutaxassislari vaqtinchalik ish bilan ta’minlanadi.
9−10-iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib keladi, uning cho‘qqisi 11−13-iyul kunlari kuzatiladi: +43…+45 daraja. Keyinroq Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi hisobiga harorat 3−5 darajaga pasayadi. Iyul oyida anomal issiq kutilmaydi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tariladi, ammo aksariyat hududlarda +33…+38 daraja kuzatiladi. Bu iyul oyi uchun maqbul qiymatlar sanaladi.
Zafarobod tumanida 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsga 1 650 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham to‘laydi.
Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. 3,3 mlrd so‘mga baholangan ushbu tamakilarning barchasi bitta xonadondan topilgan.
Prezident Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 320 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil etish, “Bo‘rijar” kanali qirg‘oqlarini obodonlashtirish va u bo‘ylab gastronomik ko‘cha hamda xiyobon qurish, shuningdek, transformatorlarni o‘rnatish kabi qator loyihalarni tasdiqladi.
Toshkent viloyatida Telegram orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatib kelgan yigitning ozodligi 4 yilga cheklandi.
Jahon banki issiqxona emissiyasini kamaytirish va xalqaro uglerod bozorlariga kirish loyihasi uchun O‘zbekistonga 46,2 mln dollarlik grant ajratmoqda. Parij kelishuvi doirasida mintaqadagi birinchi bunday tashabbus 2028-yilga kelib CO2 chiqindilarini taxminan 60 mln tonnaga kamaytirishga yordam beradi.
Piskent tumanidagi “Toshkent” davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hodisa oqibatida zararlangan maydon 5,89 gektarni tashkil etgan.
60 yil avvalgi reja bo‘yicha O‘zbekiston qachon kishi boshiga gaz iste’moli bo‘yicha AQShga yetib olib, batamom gazlashtirilgan mamlakatga aylanishi kerak edi? 30 yil avval Mirzo Ulug‘bek tumani nega birdan Zominda salomatlik markazi qura boshlagandi? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida erkak masjidda namoz oldidan tahorat olayotgan tanishini pichoqladi. Ma’lum bo‘lishicha, masjidga ketayotganda ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, jinoiy ish ochilgan.
Grigoriy Lepsning 23-oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti bekor qilindi, deya xabar berdi Afisha.uz tashkilotchilarga tayanib. O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi konsert “ba’zi texnik sabablarga ko‘ra qoldirilganini” ma’lum qildi.
Havosi ifloslangan Toshkent, 3 yilga qamalgan Urganch shahri sobiq hokimi, tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish taklifi, 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan IIO xodimi, rekonstruksiya qilingan Shimoliy vokzal, Twitter`ga qarshi Threads va boshqalar — “Gazeta.uz”ning dayjestida.
Poytaxtdagi Shimoliy vokzaloldi maydon ta’mirlanib, avtoturargoh kengaytirildi, piyodalar yo‘lakchalari va yo‘llar asfalt qilindi. Yon-atrofdagi yashil hududlar obodonlashtirildi. “Gazeta.uz” videoreportaji.
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida bo‘lgan GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi tashkil qilinib, ular endi birja savdosi orqali sotuvga qo‘yiladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda 1,1 mln gektar irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgani, so‘nggi 5 yil ichida ularning 600 ming gektari foydalanishga qaytarilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting