O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Ishlar bir necha oy davom etadi.
“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zmilliybank” Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi.
Tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikrim ijobiy emas, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasiga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgan. Qolaversa, sirtqi ta’limni ochish ham rejalashtirilmayapti.
Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.
Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.
3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.
Toshkent−Xiva−Toshkent yo‘nalishida 7−10-iyul kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Payshanba kunidan boshlab Toshkent shahridagi 130-sonli avtobus yo‘nalishida YUTONG CNG rusumli avtobuslar harakatlanadi. Shu turdagi avtobuslar qo‘shimcha tarzda 99 va 146-avtobus yo‘nalishlariga ham biriktiriladi.
90 yil avval Sovet-Amerika munosabatlarini o‘rganish uchun nega alohida qo‘mita tuzilgandi? 60 yil avval O‘zbekiston qo‘shnilari bilan nimalarni tayyorlash bo‘yicha musobaqalashgan? 30 yil avval “O‘zdavneftmahsulot” rahbarlari nega qamoqqa olingandi? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.
Chorshanba oqshomida Toshkentni tutun va kuchli kuyindi hidi qamrab oldi. Rasmiylar hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. Aholining taxminicha, tutun shahar tashqarisidagi dalalardan bostirib kelmoqda.
Urushni qo‘llovchi rus san’atkorlarining O‘zbekistondagi konsertlari haqida gapirgan Ukraina elchixonasi, Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atagan Shavkat Mirziyoyev, banklarda omonatlar hajmi kamaygani, shakarning chakana narxi pasaygani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Piskent tumanida 9,2 gektar g‘alladan bo‘shagan yerda somonpoya qoldiqlari yoqib yuborildi, tabiatga 17,4 mln so‘m zarar yetgan. Avvalroq Chinoz tumanida ham somonpoya qoldiqlari yoqilgani ortidan daraxtlar shikastlangan, o‘simlik dunyosi va tuproq unumdorligiga zarar yetgandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan saylovoldi yig‘ilishida 2030-yilga borib poytaxtdagi yashil hududlar maydoni 5 barobarga ko‘payishini ta’kidladi. 100 kilometr uzunlikdagi veloyo‘laklar, saylgohlar, bog‘ va xiyobonlar qurish ham rejalashtirilgan.
Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilishi kerak bo‘lgan 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgan. Shuningdek, sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Navoiy viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni yaxshi parvarish qilmagan 10 ta tuman va shahardagi 36 nafar mas’ul shaxs 118,5 mln so‘m jarimaga tortildi.
O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi. Toshkentda bu oy kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oyi bo‘lib, 2021-yilgi ko‘rsatkichdan o‘tib ketdi. Sinoptiklar shimoli-g‘arbiy hududlarga Rossiyadan salqin havo kirib kelishi tufayli ob-havo nisbatan salqin bo‘lganini ham qayd etdi.
Sergeli tumanida 25 yoshli haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib ketdi. Piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi.
90 yil avval gazetalarda nega odamlarni sudsiz-so‘roqsiz “o‘g‘ri” deb yozaverishgan? 60 yil avval ilg‘or g‘allakorlarga qanday “motivatsiya” berilgan? 30 yil boshqa joyda tug‘ilgan futbolchilar nega Rossiya termasida o‘ynashni afzal bilgan? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting