Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida Lada «Jiguli» bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir haydovchi va ikki yo‘lovchi vafot etdi. Marhumlardan birining qarindoshlari ekspertiza o‘tkazilishidan norozi bo‘lib, IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani aytilmoqda.
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «Navoiy (Zangiota)-Qoplonbek» avtomobil o‘tkazish punktlari 1 noyabrdan emas, 1 dekabrdan yopiladi. Rekonstruksiya ishlari ikki davlat o‘tkazish punktlarida bir vaqtning o‘zida boshlanadi va yakunlanadi.
Tad Industries kompaniyasi FaceIDS dasturining imkoniyatlarini namoyish etdi va Smart and Secure City yo‘nalishi bo‘yicha Best Solution of the Year 2022 mukofoti bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik tarqatish bo‘yicha vazifa ijrosini ta’minlashda kamchiliklar aniqlangan. Xususan, hukumat qarorni kech qabul qilgani, mablag‘ning kamligi va maktablarda zarur infratuzilma yo‘qligi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Rossiyaning Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda o‘qiydigan O‘zbekistonliklarga o‘qishni istisno tariqasida ko‘chirish imkoni berildi. Arizalar 1 noyabrdan boshlab my.dtm.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida ishtirok etganlikda gumon qilinib, ozodlikka chiqarilganlar soni 107 nafarga yetdi. Noyabrning ilk kunida parlament komissiyasi tashabbusi bilan yana 35 kishi jamoat kafilligi asosida uyiga qaytarildi.
Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni muddati o‘tgan biometrik pasportlarini zudlik bilan shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalarga almashtirishga chaqirdi.
«Kogon Quruvchi montaj» MCHJga qarashli binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) quladi. Oqibatda quruvchi bo‘lib ishlayotgan fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Sinoptiklar noyabr odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Oy davomida iliq va sovuq to‘lqinlar bir-biri bilan o‘rin almashadi. Harorat kechalari +2…+8 daraja, kunduz kunlari +5…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Sovuq davrlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon (Marhamat va Buloqboshi tumanlarida — 2 ball) va Farg‘ona (Quvasoy va Xo‘jaobod tumanlarida — 2 ball) viloyatida ham sezildi.
1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mozori-Sharif aeroportini tiklash bo‘yicha texnik yordam loyihasini yakunladi. Ishlar aeronavigatsiya va meteorologiya jihozlarini ta’mirlash, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish hamda aeroportning elektr ta’minotini tiklashdan iborat edi. Foto.
Prezidentning ish grafigi, issiqxonalarning gazdan uzilishini “davlat xavfsizligiga tahdid” deya atagan Sardor Umurzakov, internetdan foydalanishi mumkin bo‘lgan mahkumlar, minglab o‘qituvchilarga forma xarid qilish uchun buyurtma bergan Toshkent shahar hokimligi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlarida tezkor-kriminogen va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 120 ta mobil guruh tashkil etilgan.
O‘zbekistonda 200 ga yaqin maktab yerlarining bir qismi noqonuniy «sotib yuborilgan». Deputat Rasul Kusherbayev sinflar yetishmayotgan bir paytda buni «kelajakka xiyonat» deb atadi. Uning fikricha, maktab yerlarini hokimlar talon-toroj qilgan, ammo «noqonuniy topshiriqni bajargan qo‘rqoq xodimlar» jazolanadi.
O‘zbekiston 38 mamlakatdagi investorlar, moliyaviy tashkilotlar va texnologiya hamda materiallar yetkazib beruvchilarni jamlagan xalqaro Green Technology Selector (GTS) platformasiga qo‘shildi.
Yomg‘ir, sarg‘ish-qizil tusli barglar, chimlar ustida qaynoq qahva ichib, kitob o‘qiyotganlar yoki oilasi bilan sayr qilib yurganlar — har yili kuz faslida Toshkent o‘zgacha go‘zallikka burkanadi. «Gazeta.uz» muxbirlari poytaxtdagi oltin kuz faslini fotokameralari obyektiviga muhrlashdi.
O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida qoronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinalarining 419 950 dozadan iborat birinchi partiyasi olib kelindi.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting