Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida QR-kodlar va migratsiya hujjatlari savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik MMA jangchisi politsiyachini urib, qochib ketgan. Sportchi qidirilmoqda.
Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Prezident fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bepul davolanadi.
To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatigacha magistral suv quvurini yotqizish loyihasining qiymati 138 mln dollar deb baholanmoqda. Hukumatning yopiq qarori bilan bosh pudratchi sifatida To’palang HPD Platinum kompaniyasi tanlangan. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘li direktori va ta’sischisi bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.
«Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida har payshanba kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov Toshkent markaziy hamda Andijon temir yo‘l vokzallaridan amalga oshiriladi.
Samarqand aeroporti 10 dekabrdan yana mintaqaviy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Aeroport majmuasi qurilishi esa hanuz davom etmoqda.
Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari fuqaroning jinoiy ishini tugatib berishni va’da qilib, undan 3 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan avval ham boshqa bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olgani aytilgandi.
Bosh prokuratura Denovdagi portlashda terakt versiyasini rad etgani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chishi, O‘zbkistonning Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirig‘i, Mizdakxon maqbarasining atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani, orzudagi Konstitutsiya va avtomobil durdonalari — «Gazeta.uz» ning 9 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quyuq tuman sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin ketayotgan 4 mashina va bir avtobus to‘qnashdi. YTH natijasida hech kim jarohat olmagan.
Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofida yangi qabrlar uchun yer sotilayotgani haqidagi xabarlarga Xo‘jayli tumani hokimligi va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi. Ushbu vaziyat ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga G‘alaba bog‘ida xiyobon tashkil etiladi. Birinchi bosqichda jami 61 ta chinor, qayrag‘och va akatsiya daraxtlari ekiladi.
Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.
Britaniyaning Cable portali tuzib chiqqan reytingda O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi. Ushbu o‘nlikdan Qirg‘iziston va Tojikiston ham o‘rin olgan.
Qoraqalpog‘istonda X asrga mansub Mizdakxon maqbarasi devorining shundoq tagidan yerlarni mayit ko‘mish uchun sotish boshlangani xabar qilindi. Uch yil muqaddam ushbu hududdagi Shamun Nabi maqbarasi buzib tashlangan, o‘rniga yangi bino barpo etilgan edi.
Yangi hafta boshidan O‘zbekistonga Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Ëmg‘ir va qor yog‘ishi, tungi vaqtlarda −12 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Marketologlar emas, muhandislar tomonidan loyihalashtirilgan noyob avtomobilni suratga olish dizayner va avtomobillar ishqibozi Damir Bakirov uchun katta topilma. “Gazeta.uz” fotosuratchining eng sara ishlarini to‘plab, uning o‘z “qahramon"larini qanday tanlashini bilib oldi.
Xorazmda 43 yoshli ayol «Istiqlol-Urganch» yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.
«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5,450 kg «opiy», 19,2 kg «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» aniqlanib, musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting