Jamiyat

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
12 iyul 2021, 16:17

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Masdar kompaniyasi bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha shartnomalari imzolandi. Qurilish 2022 yilning birinchi choragida boshlanadi.

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi
12 iyul 2021, 12:08

Jahongir Otajonov siyosatdan ketishini ma’lum qildi

San’atdan ketishini e’lon qilgan va prezident saylovlarida ishtirok etishni niyat qilgan Jaxongir Otajonov onasining noroziligi tufayli siyosatdan ketishini e’lon qildi. U bu yil konsert berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
12 iyul 2021, 11:45

Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Haftaning aksariyat qismida O‘zbekistonda +37 darajagacha bo‘lgan yog‘ingarchiliksiz o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ortmoqda
12 iyul 2021, 10:47

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari ortmoqda

11 iyul kuni O‘zbekistonda 458 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi.

Hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazlari qayta ish boshlamoqda
11 iyul 2021, 09:37

Hududlarda koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazlari qayta ish boshlamoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida 1000 va 400 o‘rinli koronavirusga chalingan bemorlarini davolash markazi qayta ish boshladi.

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi
11 iyul 2021, 09:17

O‘zbekistonda bir kun ichida ikki marta zilzila sezildi

Kecha Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kun davomida ikki marta zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi
10 iyul 2021, 17:32

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi

Hukumat qarori bilan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yagona «E-ma'muriy ish» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida ushbu tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.

«Bu yer dam olish uchun salqin va sokin joy bo‘ladi». Arxitektorlar Do‘stlik bog‘i rekonstruksiyasi haqida
10 iyul 2021, 13:45

«Bu yer dam olish uchun salqin va sokin joy bo‘ladi». Arxitektorlar Do‘stlik bog‘i rekonstruksiyasi haqida

Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu yer dam olish va sayr qilish uchun sokin va soya-salqin joy bo‘ladi. Bog‘ yoz oxirida o‘z eshiklarini qaytadan ochadi. Bu yerda bolalar maydonchalari, kutubxona, sport zonalari va piknik joylari bo‘ladi. Birorta ham attraksion bo‘lmaydi.

Kuchukni daraxtga osgan bolalarning ota-onalari va uni videoga olib tarqatgan bolalar jarimaga tortildi
10 iyul 2021, 12:34

Kuchukni daraxtga osgan bolalarning ota-onalari va uni videoga olib tarqatgan bolalar jarimaga tortildi

Sud kuchukni daraxtga osib qo‘ygan bolalarning ota-onalarini 245 ming so‘m hamda voqeani videoga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan o‘rta maktab o‘quvchilarining har birini 2,4 mln so‘m miqdorida jarimaga tortdi.

Keksa fuqaroga tan jarohati yetkazgan IIB sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi
10 iyul 2021, 11:57

Keksa fuqaroga tan jarohati yetkazgan IIB sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

73 yoshli kishiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblangan Toshkent shahar IIBB PPX sobiq xodimlariga sud hukmk o‘qildi. Ular 2 yil muddatga Ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.

O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi
10 iyul 2021, 11:11

O‘zbekistonning bir qator hududlarida zilzila sezildi

Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezildi. Zilzilaning epitsentri Tojikistonda bo‘lgan.

Nonushtaga tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar
10 iyul 2021, 10:30

Nonushtaga tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar

Pishloq va ko‘katli pirojkalar, pomidorli tost va tovuqli sloykalar, lavashli naychalar — Zira.uz nonushta uchun tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Namanganda topilgan aviabombalar harbiy qism poligonida yo‘q qilindi
9 iyul 2021, 23:51

Namanganda topilgan aviabombalar harbiy qism poligonida yo‘q qilindi

Namangan viloyatida topilgan 6 dona eski aviabomba Popdagi harbiy qism poligonida yo‘q qilindi. Ular topilgan hududda o‘tgan asrning 50-yillarigacha harbiy poligon bo‘lgani aytilmoqda.

9 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 iyul 2021, 21:12

9 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani, yangi tayinlovlar, Namangandan topilgan “aviatsion” bombalar — “Gazeta.uz"ning 9 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonning jahon xayriya indeksi bo‘yicha reytingi deyarli ikki baravarga oshdi
9 iyul 2021, 14:11

O‘zbekistonning jahon xayriya indeksi bo‘yicha reytingi deyarli ikki baravarga oshdi

2020 yilda O‘zbekiston xayriya indeksi (World Giving Index) jahon reytingida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi. Pandemiya sharoitida odatda birinchi o‘ntalikka kiradigan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) o‘rniga Indoneziya, Keniya va Nigeriya yuqori o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar ushbu mamlakatlarda xayriya yordamining ko‘payishini kambag‘al aholi qatlamlarining ahvoli yomonlashayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar harakati faollashgani bilan izohlashmoqda.

Dam olish kunlari salqin havo bo‘lishi kutilmoqda
9 iyul 2021, 11:56

Dam olish kunlari salqin havo bo‘lishi kutilmoqda

Juma kuni Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlarida salqin havo oqimlari barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati +39 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Namanganda 6 dona «aviatsion» bomba topildi
9 iyul 2021, 11:46

Namanganda 6 dona «aviatsion» bomba topildi

Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi. Topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi
8 iyul 2021, 20:27

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash natijasida bir kishi halok bo‘ldi

Samarqandda yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda portlash sodir bo‘ldi. Bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Qonunchilik palatasi deputati 47 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi
8 iyul 2021, 19:58

Qonunchilik palatasi deputati 47 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurahim Qurbonov 47 yoshida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi.

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga uringanlikda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
8 iyul 2021, 18:22

Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga uringanlikda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida Suriyadagi terroristik tashkilotlar jangarilariga qo‘shilishga uringanlikda gumon qilinayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting