Jamiyat

Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
4 yanvar 2021, 23:12

Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda. Bunga qadar Oila kodeksiga

Farroshdan tortib mansabdorgacha — karantin zonalarda fuqarolar pasportiga IMEI kodlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan
4 yanvar 2021, 21:27

Farroshdan tortib mansabdorgacha — karantin zonalarda fuqarolar pasportiga IMEI kodlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan

Respublika bo‘yicha barcha karantin zonalari va chegara postlarida fuqarolarning pasportlariga noqonuniy ravishda IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jinoiy guruh tarkibida farroshdan tortib mansabdorlargacha bor, deya ma’lum qildi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 240 mlrd so‘m mablag‘ kelib tushgan
4 yanvar 2021, 18:29

IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 240 mlrd so‘m mablag‘ kelib tushgan

“O‘zTTRM” DUK ijrochi direktori Ulug‘bek Shakirov 2019-yil 1-dekabrdan to hozirgi kungacha IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan 240 mlrd so‘m mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2020-yil 1-noyabrga qadar 781,7 mming mobil qurilma O‘zbekistonga olib kirilgani ham ta’kidlandi.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi
4 yanvar 2021, 18:27

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi

Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol 10-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Unda ruhiy muammolar kuzatilgani aytilmoqda.

Andijonda tabiiy gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda
4 yanvar 2021, 18:26

Andijonda tabiiy gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda

Andijon viloyatiga Muborak gazni qayta ishlash zavodidan gaz yetkazib berish deyarli to‘xtatilganligi sababli gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Auksionga qo‘yilgan “chiroyli raqam” qariyb 600 mln so‘mga baholandi
4 yanvar 2021, 17:04

Auksionga qo‘yilgan “chiroyli raqam” qariyb 600 mln so‘mga baholandi

30 Z 777 ZZ raqami onlayn kim oshdi savdosida 596,5 mln so‘mga sotildi. Bu o‘z o‘rnida rekord darajadagi taklif miqdori ekanligi qayd etildi.

Samarqandda maktab qozonxonasi «kotyoli» portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi
4 yanvar 2021, 16:21

Samarqandda maktab qozonxonasi «kotyoli» portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Samarqand shahridagi maktab qozonxonasida elektr uzilishi va gaz bosimi ko‘tarilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida qozonxona ishchisi vafot etgan.

Hafta yakunigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi
4 yanvar 2021, 15:33

Hafta yakunigacha sovuq ob-havo saqlanib turadi

Sinoptiklarning xabar berishicha, yilning birinchi ish haftasi davomida anomal sovuq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati esa o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi
4 yanvar 2021, 15:12

To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi

1 fevraldan boshlab eng kam ish haqi miqdorining oshishiga qaramay OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi, deya xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.

Andijonda qoidabuzar mashinalarni suratga olmoqchi bo‘lgan fuqaro ustidan «samosud» bo‘yicha munosabat bildirildi
4 yanvar 2021, 14:54

Andijonda qoidabuzar mashinalarni suratga olmoqchi bo‘lgan fuqaro ustidan «samosud» bo‘yicha munosabat bildirildi

Andijon viloyatida bozordagi mevalarni narxini bilish uchun kelgan va bozorni suratga olayotgan fuqaro, bir necha shaxslar tomonidan haqoratlanib, majburan «Spark» avtomashinasi yukxonasiga kirgiziladi. Ushbu «samosud» fuqaroning qoidabuzar mashinalarni rasmga olganlikda gumonlangani sababli sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi
4 yanvar 2021, 13:19

Endilikda maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanadi

O‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab direktorlari va soatbay ishlovchi o‘qituvchilarga ham oylik ustamalar to‘lanadi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi tegishli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

120 dan ortiq kishi pirotexnika vositalaridan jabr ko‘rdi
4 yanvar 2021, 10:18

120 dan ortiq kishi pirotexnika vositalaridan jabr ko‘rdi

Yangi yil mavsumida pirotexnika vositalaridan foydalanish oqibatida 120 dan ortiq kishi kuyib, jabr ko‘rgan va 6 ta xonadonda yong‘in yuzaga kelgan. Jabrlanganlarning 80 foizi voyaga yetmaganlar ekanligi qayd etildi.

YPX xodimlari bilan janjallashgan 4 nafar shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
4 yanvar 2021, 10:11

YPX xodimlari bilan janjallashgan 4 nafar shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yanvar kuni uch nafar fuqaro va ikki nafar YPX xodimlari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi
3 yanvar 2021, 10:58

Bir hafta ichida aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi

Bir hafta ichida O‘zbekistonga aviareyslarda kelgan 21 nafar yo‘lovchida koronavirus aniqlandi. Bu vaqt davomida 12 ta davlatdan 12 mingdan ziyod kishi keldi.

Chimyon tog‘larida katta tirbandlik kuzatilmoqda
2 yanvar 2021, 16:37

Chimyon tog‘larida katta tirbandlik kuzatilmoqda

Bayram munosabati bilan dam olishga ketayotganlarning katta oqimi sababli Chimyon tog‘larida katta tirbandliklar yuzaga keldi. YHXBB vaqti-vaqti bilan transport vositalari harakatini cheklamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin
2 yanvar 2021, 12:42

Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar davlat mukofotiga tavsiya etilishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘maklashgan shaxslar 5,5 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Ushbu shaxslar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi ham mumkin. Hukumat qarori bilan rag‘batlantirish asoslari belgilandi.

1 yanvar kuni O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi
2 yanvar 2021, 12:19

1 yanvar kuni O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi

Yangi yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 1644 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni tug‘ilganlar orasida 9 nafar egizaklar ham bor.

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?
31 dekabr 2020, 21:44

Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?

Andijon hokimi ish joyida, Sirdaryo hokimi navbatchi, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo hokimlari oila davrasida. O‘zbekistonda viloyat hokimlari Yangi yil bayramini qanday kutib oladi?

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj
31 dekabr 2020, 19:49

Prezident murojaatnomasidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni O‘zbekiston parlamentiga navbatdagi an’anaviy murojaatnomani yo‘lladi. Ushbu marosimda ishtirok etgan «Gazeta.uz» fotomuxbiri kamera ob’ektiviga muhrlangan eng sara fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.

2020 yilda kimlarni yo‘qotdik?
30 dekabr 2020, 20:38

2020 yilda kimlarni yo‘qotdik?

Ziyouz.uz portali 2020 yilda olamdan o‘tgan o‘zbekistonlik akademiklar, professorlar, diniy arboblar, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar, san’atkorlar va hokimlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting