Jamiyat

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
20 iyun 2021, 11:51

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Prezident qarori bilan cport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bunda, g‘oliblar I, II, va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi.

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi
20 iyun 2021, 10:59

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro kinofestivali faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mazkur tadbir har yili kuz faslida o‘tkaziladi.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o‘zgaradi?
19 iyun 2021, 15:00

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o‘zgaradi?

Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 734 milliard so‘m, ta’mirlash dasturiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi.

Farg‘onada 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida ayol haydovchi halok bo‘ldi
19 iyun 2021, 10:58

Farg‘onada 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida ayol haydovchi halok bo‘ldi

Rishton tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi. Oqibatda uning haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Nima tayyorlaymiz: yozgi taomlar
19 iyun 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: yozgi taomlar

Chalop, turkcha ratatuy, tovuq va sabzavotli kabobchalar, kuk-si, okroshka — Zira.uz yozgi taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

«Bu o‘tmish haqidagi roman Qodiriyning bugunini kelajakka ogohlantirish sifatida tasvirlaydi» — Mark Riz «O‘tkan kunlar» haqida
19 iyun 2021, 09:58

«Bu o‘tmish haqidagi roman Qodiriyning bugunini kelajakka ogohlantirish sifatida tasvirlaydi» — Mark Riz «O‘tkan kunlar» haqida

Amerikalik tadqiqotchi Mark Riz Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilish uchun 15 yil umrini sarfladi. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida tarjimadagi qiyinchiliklar, nima uchun asar shunchaki muhabbat hikoyasi emas, avvalo islohotlar g‘oyasi haqida ekanligi va qanday qilib Qodiriy asar orqali muhim ijtimoiy muammolarni olib chiqqanligi haqida so‘z yuritdi. U shuningdek jadidlar va ularning g‘oyalari bugun qanchalik hayotga tadbiq etilganligi haqida fikr bildirdi.

“U soddadil, siyosatdan yiroq”. Dilruh Isomiddinova — qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda
19 iyun 2021, 09:00

“U soddadil, siyosatdan yiroq”. Dilruh Isomiddinova — qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda

“Qishloq hayoti faqat „chiroyli kadrlardan“ iborat emas”. Fotojurnalist Dilruh Isomiddinova qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda hikoya qiladi.

18 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 iyun 2021, 20:30

18 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning Andijon viloyati faollari bilan uchrashuvi, “Paxtakor” klubi xodimlarining maoshlari oshkor qilinishi, Yangi Andijon shahrining qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi, Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq rangli sher bolalari olib kelinishi — “Gazeta.uz"ning 18 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Yangiqo‘rg‘on hokimligi binosiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaroga jarima va 10 kunga qamoq jazosi qo‘llanildi
18 iyun 2021, 18:46

Yangiqo‘rg‘on hokimligi binosiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaroga jarima va 10 kunga qamoq jazosi qo‘llanildi

Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi binosiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan jarima hamda 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Konditsioner ostida doimiy o‘tirish qanday kasalliklarga olib keladi?
18 iyun 2021, 17:16

Konditsioner ostida doimiy o‘tirish qanday kasalliklarga olib keladi?

Yoz issig‘ida konditsioner ostida jon saqlaydiganlar o‘z salomatliklariga e’tibor berishlari lozim. Konditsionerdan qanday to‘g‘ri foydalanish kerakligi va doimiy ravishda uning ostida o‘tirish qaysi kasalliklarga olib kelishi haqida tibbiyot fanlari nomzodi E’zozbek Rizayev ma’lumot berdi.

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)
18 iyun 2021, 15:42

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)

Qurilishining boshlanishida prezident ishtirok etgan Yangi Andijon shahrida kam qavatli binolar ustunlik qiladi, hovlilarida yashil maydonlar barpo etiladi. Bo‘lajak shaharning chizma va maketlari — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Toshkentdan Gruziyaga aviaqatnovlar soni ortadi
18 iyun 2021, 14:40

Toshkentdan Gruziyaga aviaqatnovlar soni ortadi

«Uzbekistan Airways» Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi.

Yangi Andijon va Andijon shahri o‘rtasida yer usti metrosi qurilishi mumkin
18 iyun 2021, 14:32

Yangi Andijon va Andijon shahri o‘rtasida yer usti metrosi qurilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 1 martdan boshlab Andijon shahri tarkibida «Yangi Andijon» tumani tashkil etilishini ma’lum qildi. «Yangi Andijonda „Damas“ bo‘lmaydi. U yerda yer usti yoki yer osti metrosini qurish bo‘yicha hisob-kitoblar qilinadi. Ma’qulini quramiz», — dedi davlat rahbari. Yangi Andijon loyihasining kommunikatsiya tarmoqlarini qurishni boshlash uchun 100 mln dollar ajratiladi.

«Bu qasddan uyushtirilgan» — raqqosalar bilan video sababli ishdan ketgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari
18 iyun 2021, 12:57

«Bu qasddan uyushtirilgan» — raqqosalar bilan video sababli ishdan ketgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari

Raqqosalar bilan video sababli ishdan ketgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Nurali Mirzayev ushbu holat «qasddan uyushtirilganligini» ta’kidladi. «Videoda, to‘g‘risi, menga nisbatan provokaya bo‘lgan. Bu ishdan keyin bo‘lgan holat», — deydi u.

Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq rangli sher bolalari olib kelindi (foto)
18 iyun 2021, 12:50

Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq rangli sher bolalari olib kelindi (foto)

Sakkiz oylik ikkita oq sher bolasi (Jonni va Jenni) Janubiy Afrikadan Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Dunyoda bunday sherlarning soni 300 dan oshmaydi.

Andijon iqtisodiy kompleksdagi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatildi, ularga 3 oy sinov muddati berildi
18 iyun 2021, 11:49

Andijon iqtisodiy kompleksdagi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatildi, ularga 3 oy sinov muddati berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi. «Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.

Prezident izboskanlik tadbirkor ayolga «Mehnat shuhrati» ordenini topshirdi
18 iyun 2021, 11:44

Prezident izboskanlik tadbirkor ayolga «Mehnat shuhrati» ordenini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Andijonlik tadbirkor ayol, Umida Usmonovani «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, unga «Mikrokreditbank» tomonidan 5 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Prezident tadbirkor ayol bilan 17 iyun kuni Urganji mahallasida uchrashib, uni mukofotlashini aytgan edi.

Dam olish kunlari bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
18 iyun 2021, 10:54

Dam olish kunlari bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Respublika bo‘ylab juma va shanba kunlari bulutli ob-havo ustunlik qiladi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorati me’yordan +2…+4 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.

17 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 iyun 2021, 20:30

17 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

DXXning sobiq binosi sotilishi, prezidentning Andijonga tashrifi, antikorrupsiya agentligiga yuklatilgan yangi vazifalar, davlat organlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati — “Gazeta.uz"ning 17 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

BMTTDning mintaqaviy rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
17 iyun 2021, 19:43

BMTTDning mintaqaviy rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

BMTTDning mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger o‘zining rasmiy ikki kunlik tashrifini chog‘ida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga sodiqligini yana bir bora tasdiqladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting