Jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar 23-martdan ogohlantiriladi, 25-martdan esa jarimaga tortiladi.
Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan bir erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
IIV fuqarolardan koronavirusga chalinish xavfi borligi uchun Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi dacha uchastkalariga bormay turishni so‘radi.
Endilikda, tibbiy niqob ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.
O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vizasi avtomat ravishda 5 mayga qadar uzaytiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yoritib borish uchun rasmiy saytni ishga tushirdi. Saytda har kunlik hisobot, infeksiyadan himoyalanish uchun tavsiyalar va zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Sud 2005 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidentini sudga bergan Cho‘yan Mamatqulovni to‘liq oqladi. Huquq himoyachisi konstitutsion tuzumga tajovuz qilish, firibgarlik, odam o‘g‘rilash va boshqa jinoyatlarda ayblangan edi.
Buxoroda Nexia 3 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashidan uch kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi. Qashqadaryoda esa somsaxonadagi gaz balloni portlashi natijasida yetti kishi, jumladan, to‘rt mijoz jarohat oldi.
To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlandi. Shuningdek, ko‘ngilochar ob’ektlar, jumladan, choyxona va oshxonalar faoliyati to‘xtatiladi.
O‘zbekiston bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov koronavirus bo‘yicha mamlakatdagi vaziyat, ushbu infeksiyaning oldini olish va boshqa savollarga javob berdi.
World Happiness Report hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilib, 38-o‘rinni egalladi. Toshkent — aholisi eng optimist shahar bo‘ldi.
O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 70 yoshida olamdan o‘tdi.
21 mart kuni qariyb butun mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligining kuchayishi va havo haroratining +18 darajagacha tushishi kutilmoqda.
UzReport telekanalida akademik litsey o‘quvchilari uchun geografiya, matematika va fizika fanlaridan teledarslar boshlandi.
Fuqarolar G‘alabaning 75 yilligi sharafiga ochilayotgan Shon-sharaf muzeyini tashkil etishda qatnashishlari mumkin. Mudofaa vazirligi muzey uchun eksponat va materiallar qabul qilmoqda.
Fuqarolardan o‘zlarini uylarni koronavirus infeksiyasidan dezinfeksiya qiluvchi deb tanishtirayotgan noma’lum shaxslarni uyga kiritmaslik so‘ralmoqda. Bunday holatlarda «102» raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilish lozim.
Poytaxtning Yunusobod tumanida Lacetti tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etdi.
«Oltinsoy tumanida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan» — Bosh prokuratura
Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli vaqtinchalik yopildi. Botanika bog‘i esa hali faoliyat yuritmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting