Toshkentdagi Qo‘yliq ulgurji bozori yaqinida joylashgan katta yuk mashinalari turargohi hududida yog‘och quti va tagliklar yondi.
O‘zbekistonda madaniyat va san’at yetarlicha moliyalashtirilmaslikdan aziyat chekmoqda. Nikita Makarenko mamlakatda qanday qilib metsenatlar sinfini shakllantirish haqidagi mulohazalarini o‘rtoqlashib, ishbilarmonlar va madaniyat sohasi vakillari fikrini o‘rgandi.
Andijondagi to‘rt qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi. Olov 480 kv. m maydondagi tom konstruksiyasini yo‘q qildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga prezident tashrifi arafasida besh nafar ayolga kottej sovg‘a qilib, so‘ngra ularni chiqarib yuborgan mutasaddilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.
Bosh prokuratura davlatga xoinlik qilishda ayblanayotgan sobiq diplomat Qodir Yusupovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Yunusobod tumani 12-mavzesida daraxtlarning noqonuniy kesgan shaxs aniqlandi va ayni paytda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ibrohim Hojiyev propiska masala ham tartibga solinishini bildirdi.
Toshkent hokimiyati 1997 yilda tasdiqlangan amaldagi poytaxt gerbidan foydalanishga qaror qildi va uning yangilangan talqinini taqdim etdi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov maktab direktorlari faqat jazolanadigan bo‘lsa, yaxshi kadrlar yo‘qotilishini bildirdi.
Navoiy shahridagi «Buyum» bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 170 000 000 so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan 18 yoshli qiz ushlandi.
Kuzda Hisor qo‘riqxonasida topilgan ikki bosh qor qoploni bolasi yurak qon-tomir kasalliklaridan o‘ldi. Ular O‘zbekistonda topilgan ilk qoplon bolalari edi.
Oliy sud matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarma boshlig‘ining Toshkent shahriga propiskaga o‘tish «lazeyka» bo‘lib qolgani haqidagi fikriga e’tiroz bildirdi.
Hukumat qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Namanganda noqonuniy saqlanib kelinayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 240 million so‘mlik, 120 dona uyali aloqa vositalari aniqlandi.
Hukumat qarori bilan Muzaffar Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning «Kaptiva» rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchalik bilan «migalka» o‘rnatilganligi aniqlandi.
Hukumat qarori bilan 2019 — 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi.
Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi
Respublika bo‘yicha 2018 yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi o‘lim bilan tugagan.
Endilikda yuridik shaxslarning ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash taraflarning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting