Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatlarni vaqtida hal etmagan Yakkasaroy, olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Sergeli tuman hokimliklarini ogohlantirdi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Zangiota tumanida yashovchi ayol va uning ikki farzandini o‘ldirgan shaxs Zominda qo‘lga olindi.
Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Economist Intelligence Unit yashash uchun eng arzon va qimmat shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Toshkent reytingda 133 shahar ichida 131-o‘rinni egalladi.
Toshkentda 8 apreldan 24 mayga qadar reja asosida issiq suv o‘chiriladi.
«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish bilan bog‘liq bir necha harakatga chek qo‘yildi.
Hindistonlik taniqli dizayner Ritu Beri O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat bo‘yicha turizm elchisi bo‘ldi.
Nogiron farzandini parvarishlash natijasida pensiya uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan onalarga nafaqa to‘lanadi.
BAA fuqarolari uchu 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etilmoqda, BAAlik tadbirkorlar uchun esa bir yilgacha muddatga ko‘p martalik vizalar soddalashtirilgan tartibga beriladi.
Surxondaryo viloyatida kuchli qum bo‘roni kuzatildi.
Toshkent ko‘chalarida harakatlanayotgan jamoat transportlarida o‘qituvchi kasbini ulug‘lovchi ijtimoiy reklamalar paydo bo‘ldi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi turar-joy ob’ektlarida zamonaviy liftlarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.
«Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari 53 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy olib kirilishiga yo‘l qo‘ymadi.
Konyadagi Selchuk universitetida «Ikki qardosh davlat: Turkiya-O‘zbekiston va ularning kelgusi munosabatida mening o‘rnim» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Buxorodagi «Favvoralar maydoni» bog‘iga balandligi 60 metr, hajmi 16 metrga 8 metr bo‘lgan davlat bayrog‘i o‘rnatildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali endi avtomaktablarga litsenziyani onlayn usulda qayta rasmiylashtirish imkoniyatni taqdim etmoqda.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining qirq uchinchi sessiyasida ikki deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatish qarorlari tasdiqlandi.
Koson tumanida yashagan S.O. ismli ayol gaz plitasi ustiga chelak qo‘yyotganida olov kiyimiga o‘tishi natijasida kuyish jarohati olib, vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting