Toshkentning Olmazor tumanida uch yoshli bola derazadan tushib ketdi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda ilk bor yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha dastur tasdiqlandi. Qabul qilingan hujjat avval e’lon qilingan dasturdan yumshoqroq.
«Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalari videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.
Avval qayd qilinib, shu paytgacha ochilmay qolgan jinoyatlardan 26 tasi ochildi.
Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi.
Toshkentda uyi buzilganlarga har doim sharoitlari yaxshiroq bo‘lgan turar joylar berilgan, dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Yangiyo‘l tumanida avvalroq o‘qituvchilarni vazifalariga zid ishga jalb etgan maktab direktori majburiy obunaga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
Tyumen — Xanti-Mansiysk trassasida 20 yo‘lovchisi bo‘lgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi.
Hafta o‘rtasida O‘zbekiston bo‘ylab havo haroratining bir oz tushishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
«Toshkent-Bishkek-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi yangi jadval bo‘yicha qaytadan yo‘lga qo‘yildi.
«Toshshahartransxizmat» binosiga tutash turk kompaniyasi ijaraga olgan inshootda yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Poytaxtning Yunusobod tumanida sakkizinchi sinf o‘quvchisi selfi olaman deb uchinchi qavat derazasidan tushib ketdi.
Toshkent markazidagi «Lolazor» mahallasi aholisi tarixiy uylarning buzilishga tushishidan xavotirda. «Gazeta.uz» aholi, ehtimoliy quruvchilar va mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
«Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida «Hududda otishni tashkil etish va o‘t ochishni boshqarish» bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
«Kasbi paxta tozalash» AJning tarozixonasidagi kuzatuv kamerasini bir soatga o‘chirib, 213 million so‘mlik chigitni o‘zlashtirilishi yuzasidan jinoiy ish ochildi.
«Toshkent-tovar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida ko‘rsatilgan tovar haqidagi ma’lumotlar kirib kelgan tovarlarga mos emasligi ma’lum bo‘ldi.
Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari talabadan yakuniy imtihonlarga kiritishga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m pora olayotganda ushlandi.
Yeri Toshkent hokimiyati tomonidan olib qo‘yilayotgan «Yangiobod. Chotqol marvaridi» sayyohlik bazasi ta’sischilari majmuaga egalik huquqi uchun sudda kurash olib bormoqchi.
Beshariq tumanida yashovchi ayol Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi tug‘uruqxonada dunyoga kelgan farzandini 3,5 million so‘mga sotayotganida ushlandi.
IIVning ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting