Qishloqdosh ayolning uyiga bostirib kirib, bosqinchilik jinoyatiga qo‘l urgan ikki yigit uzoq muddatga qamaldi.
Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K.ga nisbatan 47.300 AQSH dollari miqdorida pora olganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Oltinsoylik haydovchi mast holda «Neksiya» mashinasini boshqarayotgan holda kanalga tushib ketgan va ushbu voqea natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.
Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi bugun rekonstruksiya munosabati bilan yopiladi.
Joriy yilning birinchi yarmi mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 262 095 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi.
«Kamaz» rusumli yuk avtomashinasida «Chimyon» MFYda joylashgan archazor tog‘idan pastga tushayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi najasida soyga qulab, vafot etdi.
Samarqand viloyati hokimi v.b. Erkinjon Turdimov 64-sonli maktab-internati, 1 va 10-son mehribonlik uylari hamda «Saxovat» internat-uyini ko‘zdan kechirdi.
Samarqanddagi 64-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining sobiq direktori Shuhrat Sadinovga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini buzgani uchun Shayxontohur tuman hokimligi mas’ul xodimi ma’muriy jarimaga tortildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi.
Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ijaraga beruvchilar o‘ttiz kungacha bo‘lgan shartnomalarni oddiy yozma shaklda tuzishlari mumkin.
Samarqanddagi Xishrav shaharchasida joylashgan 95 gektarli chiqindixonada yuzlab cho‘chqalar boqilmoqda, aholining sanitar-epidemiologik xavfsizligi ta’minlanmayapti.
Endilikda yo‘l harakati qoidasi buzilganda YPX inspektori elektron bayonnoma tuzadi va uning jarimasini elektron tizim orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.
Yuridik kollej bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga imtihonsiz qabul qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
4270 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar — 227 ta qotillik, 74 ta bosqinchilik, 172 ta talonchilik, 2.988 ta o‘g‘rilik fosh etildi.
Iyunda O‘zbekiston chegarachilari davlat chegaralarini buzgan 70 kishini qo‘lga oldi.
11.259 gektar asossiz ajratilgan yoki noqonuniy foydalanib kelinayotgan yer maydonlari zaxiraga qaytarildi, 22.055 ta oilaga manzilli yordam ko‘rsatilib, moddiy ahvoli yaxshilandi.
Bosh prokuratura 2.016 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi haqida hisobot ko‘rsatkichlariga qo‘shib yozishlar aniqlanganini ma’lum qildi.
Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 250,7 mlrd. so‘mlik zararlar qoplanishi ta’minlandi.
Bosh prokuratura tomonidan 2018 yil birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berildi: Bosh prokurorning 7 ta buyrug‘i bekor qilinib, 13 ta yangi buyruq qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting