Fevralda jigar transplantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan Ubaydulla Dadaxo‘jayev shifoxonadan chiqdi. Bunday operatsiya O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi.
Kechqurun Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Chopar pitssaxonasi va Les Ailes kafesi filiallarida yong‘in sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘ylaridan nam va sovuq havo oqimi kirib keladi.
2010 yilda sudlangan Zulxumor va Mehriniso Hamdamova oradan sakkiz yil o‘tib ozodlikka chiqarildi.
«Navoiy-Nurota» avtoyo‘lida Captiva va Matiz to‘qnashuvi natijasida Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Sobiq «Toshturma» binosi buzib tashlanib, uning o‘rnida zamonaviy xiyobon barpo etiladi.
Jinoiy guruh Farg‘ona viloyatida eshak go‘shtini umumiy ovqatlanish shoxobchalariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Namangan viloyatida to‘rtinchi marta qonunbuzarlik sodir etgan avtomobil o‘g‘risi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etiladigan qadimiy «O‘qchi» mahallasi so‘nggi bahorni qarshi oldi.
Bolalar bog‘chalarida jismoniy va intellektual rivojlantirish uchun inventarlar yangilanib, videkuzatuv tizimi bilan ta’minlanadi.
Fohishaxonaga borganlarni jarimaga tortish, shuningdek ularni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolanishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Namanganda 300 nafardan ziyod ayollar 1,1 tonna bug‘doy va 2,5 tonna undan 5 tonnalik sumalak tayyorlashdi.
18 kun ichida Toshkent IIBB YHXB saytiga kelib tushgan videoroliklar asosida YHQ buzuvchilari 30 mln so‘mlik jarima to‘lashdi.
Tug‘uruqxonadan chiqish marosimlaridagi ortiqcha dabdababozliklar chaqaloq salomatligiga salbiy ta’sir qiladi, dedi sog‘liqni saqlash vaziri.
Toshkent viloyatida Lacetti va Damas miniveni to‘qnashuvi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 7 kishi jarohatlandi.
Metroning «Beruniy» bekatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayolda ruhiy buzilish aniqlandi.
O‘zbekiston va Tojikistonda qo‘shaloq bayram: bahor va Navro‘z bilan birgalikda qo‘shni xalqlar do‘stligining yangi davri boshlangani ham nishonlanmoqda.
Toshkent prokurorining sobiq birinchi o‘rinbosari Mira’lam Mirzayev, uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li pora olish va boshqa mansabdorlik jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Navro‘z bayramining asosiy tantanalari bo‘lib o‘tgan O‘zekspomarkazdan «Gazeta.uz» foto va vedeoreportaji.
Tog‘da sayr vaqtida sirpanib, 4 metrga yaqin balandlikdan qulab tushgan qiz ko‘p sonli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting