«Toshturma"ning barcha mahbuslari Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi tergov hibsxonasiga ko‘chirildi.
Sudlar diplomatik vakolatxonalar bilan kelishmagan holda yo‘l harakati qoidalarini buzgan diplomatlarni jarimaga tortishi mumkin.
O‘zbekiston banklarida tushlik vaqti yana 13:00 dan 14:00 gacha.
Chet el diplomlarini nostrifikatsiya qilish uchun hujjatlarni onlayn topshirish mumkin.
Toshkentdagi 134-maktab o‘quvchisi anhorga tushib ketgan do‘stini qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi.
Toshkentda qutqaruvchilar ko‘chada uxlayotgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan ikki fuqaroga yordam ko‘rsatishdi.
21 yanvar kuni Ostona yaqinida avtobusdan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga muvaffaqiyatli qaytib keldi.
To‘plangan ma’lumotlar 52 o‘zbekistonlik o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus yong‘iniga barcha uch haydovchining aloqador ekanini ko‘rsatdi.
FVV va bojxona xodimlari xorijga chiqayotgan fuqarolar bilan shaxsiy xavfsizlik choralari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini joriy etishga qaror qilindi, milliy pasport bosqichma-bosqich ID-kartalar bilan almashtiriladi.
Toshkentdagi qariyb 400 ta chorraha 2020 yilgacha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi.
Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra barcha tibbiyot tashkilotlarida shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.
OIVga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturida antiretrovirus preparatlari xaridlarini moliyalashtirishni oshirib, kasallikka chalingan shaxslarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kollejlarga mutaxassislik olish uchun11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Ta’lim 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.
Farg‘ona viloyati hokimi Qozog‘istondagi avtobus yong‘inining 16 qurboni yashagan Toshloq tumani aholisini viloyatni sharmanda qilganlikda aybladi.
Toshkentning Yunusobod tumanida mast BMW haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
2018 yilgi Davlat dasturida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida formaldegid konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari aniqlandi.
27−29 yanar kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston shimoli orqali juda sovuq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda.
Poytaxtdagi bolalar bog‘chasi oshpazi maktabgacha ta’lim vazirining kutilmagan tashrifi vaqtida tayyor ovqatga xom go‘sht qo‘shib yubordi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting