“Tinchlikni mustahkamlash” degan soha bor, inglizchasiga — peacebuilding. “Bu so‘zni Amerikada ham yaxshi tushunishmaydi”, deydi soha mutaxassisi hisoblangan Dovud Hunzikr. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida o‘zbekchani o‘rganishi, musulmon bo‘lishi, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Yaqin Sharqdagi faoliyati haqida so‘zladi.
10-iyun kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” nomli yangi multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Avvalroq “Van Gog bo‘lmoq” va “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmalari o‘tkazilgandi.
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.
Olmazor tumanida 38 yoshli erkak o‘zini 4-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi. Voqeaga marhumning qarzlari ko‘payib ketgani uchun tushkunlikda yurgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
O‘zbekistondagi Notebookoff onlayn-do‘koni ekspertlari noutbuk tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 14 yoshli qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan ota 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Solfy muddatli to‘lov kartasidan foydalanish orqali xaridlar uchun bank tomonidan ortiqcha foiz yoki komissiya olib qolinmaydi, faqat xarajat 12 oylik teng to‘lovlarga taqsimlanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida elektrobus va Cobalt ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda. Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati esa 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda.
Chiroqchi tumanida mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan 52 yoshli erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida 2 tup chinor tegishli ruxsatnomasiz kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar 191,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Uychi tumanida talaba yigit Norin daryosida cho‘milishga borib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda viloyat FVB tomonidan qiduruv ishlari olib borilmoqda.
Yakkasaroy tumanida 121 yillik oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
4-iyun kuni Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida plogging eko-poygasi tashkil etildi, shuningdek #PET2NATUREUZ eko-chellenji ishtirokchilari taqdirlandi.
Advokat Sergey Mayorov Dauletmurat Tajimuratov bo‘yicha apellyatsiya sudi qarorini “adolatsiz” va “noqonuniy” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukm o‘zgartirilishiga o‘zi ham, mijozi ham ishonmagan. Sud boshqa barcha ayblanuvchilar uchun jazoni yengillashtirdi.
Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida 6-iyun 18:00 gacha elektr energiyasi o‘chirildi.
O‘zbekistonda may oyida 20,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 135 ta holat aniqlandi. Taqqoslash uchun, aprel oyida 5,5 mlrd so‘mlik 225 ta holat aniqlangan.
Golden House bosh direktori Aleksey Boldin eko-development nima ekanligini, kompaniya loyihalarining rivojlanish vektorini ekologik tozalikka o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorga nima sabab bo‘lganligi va eko-kvartal oddiy turar-joy majmuasidan nimasi bilan farq qilishi haqida so‘zlab berdi.
Dell vakillari Vostro biznes-noutbuklari seriyasi va uning korporativ segment uchun taqdim eta oladigan asosiy afzalliklari haqida gapirib berdi.
Bo‘ka tumanida fuqaro IIB xodimlarining noqonuniy so‘roq qilishi va jarohat yetkazishi oqibatida vafot etdi. Voqeaga sababchi 2 xodim hibsga olindi, tuman IIB rahbariyati esa ishdan bo‘shatildi. Ishga aloqador tezkor xodimlar holatni rad etmoqda, prokuratura qo‘shimcha ekspertiza tayinladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting