Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.
O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.
Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.
Toshkentda 47 yoshli erkak jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘tgan yilning yozida 6 yashar qizaloqqa tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.
Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.
Talaba, o‘quvchi va bog‘cha bolalariga ta’til uzaytirilgani, Buxoroda o‘zini osib vafot etgan 2 ayol, kutilayotgan anomal sovuq havo, Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» dan zaharlangan 9 bola, Jizzahda koloniyadan qochgan 2 mahkum, qamoqdan chiqqan sobiq bosh prokuror va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Sovuq tushishi kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til deb e’lon qilindi.
Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.
O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.
«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, OTMlarda kontrakt to‘lovini to‘lash muddati 20 yanvargacha uzaytirildi. Qaror bilan 2022 yil 10 dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratini ado etib kelgan ayolni kutib olishda uning qadami ostiga sholcha, kiyimlar to‘shalgani, yosh bolani ziyoratchi oyog‘i ostiga bostirilishi aks etgan video tarqaldi. Fatvo markazi bunday ishlardan qaytarib, buning riyokorlik va og‘ir gunoh ekanini bildirdi.
4 yanvar kuni Zafarobod tumanidagi 30-son manzil-koloniyasidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan ikki nafar mahkum qochib ketdi. Hozirda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan ularni qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Tarmoqlarda Toshkent viloyatida «Dok-1 Maks» siropini iste’mol qilgan 2 yoshli bola vafot etgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi buni rad etib, shu paytgacha 9 nafar bola ushbu doridan zaharlanganini, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatdaligini ma’lum qildi.
Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘ldi.
Peshku tumanida 21 va 24 yoshli ayollar uyida o‘zini osib qo‘ydi. Ularning ikkisi ham vafot etdi. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshiruv boshlandi.
Bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ga dam olish maqsadida chiqib, ulardan biri soyga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib qoldi va pastga olib tushdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting